Ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonlari qachon o‘tkaziladi

Ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonlari yanvar oyida o‘tkaziladi. Bu haqda DTM ma’lum qildi.

👨🏻‍💻 Ma’lumki, 2022-yil 24-oktabr kuni matematika, fizika, kimyo va biologiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlangan edi.

📆 Talabgorlarni ro‘yxatga olish 12-noyabrga qadar davom etadi va test sinovlari 4- va 18-dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

❔ Hozirda talabgorlar tomonidan ona tili va adabiyot fanidan ham milliy sertifikat imtihonlari o‘tkaziladimi degan mazmunda ko‘plab savollar kelib tushmoqda.

✅ Shuni ma’lum qilamizki, Davlat test markazi tomonidan umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlarini yanvar oyida ham tashkil etish rejalashtirilgan.

📚 Bunda milliy sertifikat imtihonlari fizika, kimyo hamda ona (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) tili va adabiyot fanlaridan bo‘lib o‘tadi.

Tavsiya etamiz  Texnikumlarda qabul parametrlari kvotalar tasdiqlandi
Прокрутить вверх