Opa va singil haqida sara sherlar to‘plami

Opa va singil haqida eng sara, manoli va tasirli sherlar to‘plami. Ma’lumotlar uzbaza.uz saytidan foydalanilgan.

Dunyoda eng go‘zal ayol kim,
U singil, u opa, u ona, u yor.
Dunyoda eng go‘zal ayol kim,
Sendanda ko‘p senga vafodor.
Dunyoda eng go‘zal ayol kim,
Oppoq tongda nurday beg‘ubor.
Dunyoda eng go‘zal ayol kim,
Yashnatar dilni gulruhsor.

Opa meni yo‘qlab keling

Opa meni yo‘qlab keling,
Yarim ko‘nglim to‘qlab keling.
Sog‘inganman ona mehrin,
Siz onamga o‘hshab keling!

Yurakkinam ketmay nurab,
Jigaringiz xolin so‘rab,
Shoyi ro‘mollarin o‘rab,
Siz onamga o‘hshab keling!

Goh muzlayman toshli tanday,
Erkalatar edi qanday,
Bolam deng bir adashganday,
Siz onamga o‘hshab keling!

Do‘st-yor vafo qilmaganda,
Baxtu omad kulmaganda,
Dunyo yo‘qlab kelmaganda,
Siz onamga o‘hshab keling!

Mirzo to‘kar ko‘zdan qonin,
Gʻanimatdir har bir onim,
Jonim beray opajonim,
Siz onamga o‘hshab keling!

Opa meni yo‘qlab keling,
Yarim ko‘nglim to‘qlab keling.
Sog‘inganman ona mehrin,
Siz onamga o‘hshab keling.

Baxtli boʻlgin singlim

Xovlimizda qolib ketgan izlaringni,
Oq libosda yoshlar toʻkkan koʻzlaringni,
Sogʻinaman har lahzada soʻzlaringni,
Erkalanib aka degan soʻzlaringni.

Qoʻy yigʻlama, yigʻlama mehribonim singlima,
Sen yigʻlasang singiljonim yigʻlar mening koʻnglima,
Bugun shirin orzuyingga yetar boʻlding,
Muhabbatning koʻprigidan oʻtar boʻlding.

Sen onamning erka qizi singlima,
Bagʻrimizdan qushday uchar boʻlding singlima,
Farishtalar boshginangni silaydilar,
Ota onang oq duolar tilaydilar,
Baxtli boʻlgin bir umirga singlima.

Singlisini yig’latmaydi aka degan

Aka degan jonga chindan jondosh bo’lar.
Uka degan asli asl qondosh bo’lar.
Singil sizga dildosh bo’lar, yondosh bo’lar.
Singlisini yig’latmaydi aka degan.

Kulfat kelsa ustingizdan kulmaydigan.
Do’q urlsangiz qovog’ini uymaydigan.
Zarda qilib lablarini burmaydigan.
Singlisini yig’latmaydi erkak degan.

Tavsiya etamiz  25 May So’ngi qo’ng’iroq tilaklari va sherlar to'plami

Yo’qlasangiz tor xovlisi jannat bo’lgan.
Bu dunyoda borligi bir davlat bo’lgan.
Aytgan so’zi Alloh bergan davlat bo’lgan.
Singlisini yig’latmaydi erkak degan.

Taqdirining cho’g’ligini bildirmagan.
Gox ochin, gox to’qligini bildirmagan.
Onasining yo’qligini bildirmagan.
Singlisini yig’latmaydi erkak degan.

Singil yo’qlab borganingiz tavob bo’lar.
Bug’doyzorni bossangiz xam savob bo’lar.
Mehr bering sizga Xaqdan javob bo’lar.
Singlisini yig’latmaydi erkak degan.

Tashvishlarin yelkangizga ortib qo’ying.
Boshin silang, ko’z yoshini artib qo’ying.
O’g’lingizning qulog’iga aytib qo’ying.
Singlisini yig’latmaydi erkak degan..
Ayol zotin xo’rlamaydi erkak degan..

Singlim soching tarayman

Kelgin singlim sochingni,
Mayda mayda o‘rayman,
Husun qo‘shib husninga,
O‘zim soching tarayman.

Mehringni darig‘ tutma,
Menday sodda akangdan,
Sening kelishing kutib,
Ko‘z uzmayman yo‘lingdan.

Mehrim bo‘lakcha senga,
Balki buni bilmassan,
Yagona singlimliging,
Buni hatto sezmassan.

Darding ko‘payib ketsa,
Kelavergin yonimga,
O‘zim olay dardingni,
Azobing beraqol menga.

Baxt izlasang gar agar,
Izlab kelgin yonimga,
O‘zim tutaman baxtni,
Sening jajji qo‘linga.

Kulishlaring yoqadi,
Bir kulib qo‘y menga,
Shu tabassumingni,
Olib qolay yodimga.

Hech ham mag‘zun bo‘lmagin,
Yarashmas bu senga,
Tabbasuming chiroyli,
Yarashar shu senga.

Tortinmasdan kelaqol,
Sening uying koshonam,
Akangni biroz eslab tur,
Sog‘inaman yagonam.

Singillarim jonim fido

Taqvo bilan ko‘ngil hushlagan,
Islomini mahkam ushlagan.
Boshlaridan hijob tushmagan,
Singillarimga jonim fido.

Yaratganga Banda bo’la olgan,
Shaytonlarga banda bo’lmagan.
Namozlarin kanda qilmagan,
Singillarimga jonim fido.

To’ylarda handon kulishmas,
Bozorlarda sang’ib yurishmas.
Ko‘rganimda yuzim burishmas,
Singillarimga jonim fido.

Osmonimni to’lin oylari,
O’zbegimni gulchiroylari.

Opajonim dardlashgani keling

Opajonim, bulut bo’lib sitilib ketdim,
Opa opajonim, yashin bo’lib yiqilib ketdim,
Opajonim, yomg’ir bo’lib to’kilib ketdim,
Opajonim, dardlashgani keling bir kecha.

Rangimning rangini eslolmay qoldim,
Tomog’im achishib, yig’lolmay qoldim,
G’aflat bosib sizni yo’qlolmay qoldim,
Opajonim, dardlashgani keling bir kecha.

Yostig’imga oylar botsin desangiz,
Kunduz yonimizda yotsin desangiz,
Yostig’imga oylar botsin desangiz,
Yulduz yonimizda yotsin desangiz,

Tavsiya etamiz  Juma kuni haqida eng sara sherlar to‘plami

Bir kunim odamday o’tsin desangiz,
Opa, dardlashgani keling bir kecha.
Bir kunim odamday o’tsin desangiz,
Opajonim, dardlashgani keling bir kecha.

Hamma azobimga topasiz chora,
Kelsangiz xorligu zorlik nachora,
Yaxshiyam sizni tuqqan onam bechora,
Otamni eslaylik, keling bir kecha.

Qo’shig’im rayhondir, qo’shiqlarim zarrin,
Bir ko’nglim podshohdir, bir ko’nglim g’arib,
Xudodan so’rovdimmi xofiza bo’lay deb?
Opajonim, dardlashgani keling bir kecha.

Bolaligimga qaytib, sho’x yel bo’lay men,
Dardlarimni aytib, yengil bo’lay men,
Keling, yana sizga singil bo’lay men,
Opa, dardlashgani keling bir kecha,

Opajonim, dardlashgani keling bir kecha.
Opa, dardlashgani keling bir kecha.

Ota uyga mehmon singlim

Umr oqar daryo ekan bilmabman ham,
Bir bora men shuni anglab yetmabman ham.
O’zga uyga ketar bugun singilginam,
Ota uyga mehmon ekan singilginam.

Bolalikdan suyanganim singlim edi,
U siz endi men qandayin ko’nikaman,
Yuragimning bir parchasi ko’nglim edi,
Yor-yor ila ketar bo’ldi singilginam.

Ne ham derdim, baxtli bo’lgin, taxtli bo’lgin,
Yangi uyga munosib bir kelin bo’lgin,
Sog’intirmay bizni har dam yo’qlab turgin,
Eshigimiz doim ochiq kelib turgin.

Kelgusi yil qo’shsha farzand bersin Hudo,
Karnay-Surnay ovozida olam aro,
Beshik to’yda xalqni to’yga chorlab turay,
Nasib bo’lsa «Tog‘a» nomin oqlab yuray.

Mehribon boʻlarkan singil

Millionga boʻlinib ketganda chil chil,
Begona soʻzidan singanda koʻngil,
Singliga vafodor boʻlgani kabi,
Akaga mehribon boʻlarkan singil.

Singlining qalbiga nihol oʻtkazib,
Shirin soʻzlar bilan dardni ketqazib,
Suv soʻrasa aka choylar tutqazib,
Akaga mehribon boʻlarkan singil.

Yomonlik koʻrib va olmasa alik,
Aka siqilmang der axir bunchalik,
Xechkim boʻlolmaydi tuqqaningchalik,
Akaga mehribon boʻlarkan singil.

Jonimning huzuri opam

Yonimda doim parvona boʻlgan,
Betob bo‘lsam boshimda turgan.
Koʻz yoshlarim kulgi ortidan sezgan,
Jonimning huzuri, jonimdir opam.

Ne boʻlganda ham men tushungan,
Qoʻpolligim ortidan koʻp og‘ringan.
Ketganida juda o‘rni bilingan,
Jonimning huzuri, jonimdir opam.

Tavsiya etamiz  Sog`inch haqida eng sara sherlar

Yuragimning bir parchasi,
Kutaraman uni zardasin,
Hecham ozor koʻrmasin,
Jonimning huzuri, jonimdir opam.

Berolmasam-da mehrimni,
Sochib yana zahrimni,
Qoʻllagan doim zehnimni,
Jonimning huzuri, jonimdir opam.

Birga yig‘lab, birga kulganmiz,
Bir uyda o‘sib-o‘nganmiz,
Doimo bir tarafda turganmiz,
Jonimning huzuri, jonimdir opam.

Sabr bersin singillarim

Ota uyida o‘tar umr tushdaygina,
Hudo sizga sabr bersin singillarim.
Bir kun uchib ketasizlar qushdaygina,
Hudo sizga sabr bersin singillarim.

Ko‘pga kelgan to‘yda ko‘ngil so‘ramaslar,
Rostu yolgʻon yigʻingizga qaramaslar.
Aka boʻlib xol soʻrashga yaramaslar,
Hudo sizga sabr bersin singillarim.

Siqilsangiz koʻz yosh topgan davlatingiz,
Beshik bilan bo‘lar endi suxbatingiz.
Qizil gulday oʻtib ketar qiz paytingiz,
Hudo sizga sabr bersin singillarim.

Bilganimiz oʻzimizga e’tiborlar,
Bir choʻp olib kuymaymiza biz beorlar.
Sigir soqqan ekan xatto paygʻambarlar,
Hudo sizga sabr bersin singillarim.

Zero xalq butun ayol aziz joyda.
Ayol yashamasa millat bor qayda.
Yuribmizda yigitman deb ayol bor joyda,
Hudo sizga sabr bersin singillarim!

Opa singil jonga jondosh

Opa singil degani jonga jondosh boʻladi,
Qiynalganda xasratlarga yonda yondosh boʻladi,
Yurak toʻlib yigʻlasangiz yupatuvchi yaqiningiz,
Butun umr qalbingizga taskin, sirdosh boʻladi!

* * *

Senday dardkash, yo’qdir mehribon.
Xarqanday xolatda saqlagan sirim.
Seni yaxshi ko’raman ishon.
Tug’ulgan kuning bilan singlim.

* * *

Qutlug bo‘lsin tug’ulgan kuning,
To‘lsin quvonch, shodlikka diling.
Singiljonim bo‘lgin sog’ omon,
Orzularing bo‘lmasin armon…

Hayot yo‘li bo‘lsin chiroylik,
Ko‘zlaringdan oqmasin hech yosh.
Mudom kulib omad, baht,
Yor bo‘lsin senga singiljon!

Прокрутить вверх