Nodavlat va xorijiy (filiallar) OTMlardan q‘qishni ko‘chirish 2022-yil bo‘yicha o‘tish ballari tasdiqlandi.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining tegishli buyrug‘i bilan 2022/2023 o‘quv yilida xorijiy davlatlardagi oliy ta’lim muassasalari, respublikamizda faoliyat yuritayotgan nodavlat va xorijiy (filiallar) oliy ta’lim muassasalaridan davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirish uchun o‘tish ballari tasdiqlandi.
Joriy yil tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralarning takliflari umumlashtirilib, ta’lim sohalari kesimida o‘tish ballari belgilandi.
O’qishni ko’chirish 2022 o’tish ballari yuklab olish
Bu to‘g‘risida to‘liq ma’lumotlar bilan birozdan so‘ng Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Edu.uz telegram kanaliga joylanadigan videosharh orqali bilib olishingiz mumkin bo‘ladi.
O‘tish ballarini yo‘nalishlar kesimida bilish uchun maxsus platforma: 👉 @infoeduuz_bot
🌐 info.edu.uz