Tavsiya etamiz
Xorijiy davlatlardan va nodavlat muassasalardan o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha oʻtish ballari tasdiqlandi ular bilan tanishing.
👉 Toshkent davlat yuridik universiteti uchun — 105,84 ball;
👉 Toshkent davlat transport universiteti uchun — 104 ball;
👉 Tibbiyot OTMlari uchun — 100 ball;
👉 Toshkent axborot texnologiyalari universiteti uchun — 80 ball, filiallarga ko‘chirish uchun o‘tish bali — 56,7 ball;
👉 Milliy rassomlik va dizayn institutiga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tish bali — 70,56 ball;
👉 Toshkent davlat agrar universiteti hamda Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti uchun — 66,1 ball;
👉 Toshkent davlat agrar universitetining filiallari hamda Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti uchun — 56,7 ball;
👉 Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti uchun — 56,7 ball;
👉 Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti uchun — 100 ball;
👉 Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti va filiallari uchun — 70.56 ball;
👉 Toshkent arxitektura-qurilish instituti va Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutlari uchun — 66.1 ball.
👉 Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tasarrufidagi OTMlar uchun — 66,1 ball etib belgilandi.
Eslatib o’tamiz o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha arizalarni qabul qilish 15-iyuldan 5-avgustga qadar transfer.dtm.uz sayti orqali amalga oshirildi.