Xorijiy davlatlardan o‘qishni ko‘chirish perevod bo‘yicha arizalarni qabul qilish boshlandi

Tavsiya etamiz

Xorijiy davlatlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalarni qabul qilish boshlandi.

Talabalar o‘qishini xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan (jumladan, xalqaro tan olingan reytinglarda birinchi 1 000 ta o‘rindan birini egallagan) oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirish bo‘yicha arizalarni onlayn qabul qilish boshlandi.

Ro’yxatdan o’tish tartibi

Xorijiy davlatlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalarni qabul qilish 15-iyuldan 5-avgustga qadar my.dtm.uz saytining “O‘qishni ko‘chirish (xorijdan)” bo‘limi orqali amalga oshiriladi.

Saytga o’tish uchun 👉 O‘qishni ko‘chirish (xorijdan)

Abituriyentlar uchun tavsiya etamiz: my.dtm.uz dan onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha batafsil yo’riqnoma tanishing

O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tish ballari bilish tartibi

Xorijiy davlatlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tish ballari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining tegishli buyrug‘i bilan tasdiqlangan bo‘lib, o‘tish ballari bilan info.edu.uz sayti orqali tanishish mumkin.

Saytga o’tish uchun 👉 info.edu.uz

Talabalar o‘qishini xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh bo‘lmagan ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirishga ruxsat etilmaydi.

Abituriyentlar uchun tavsiya etamiz: Kunduzgi, sirtqi, kechki, imtiyorlar bo’yicha 2021-2022-o‘quv yili uchun o‘tish ballari bilab tanishing

Maqsadli qabul haqida batafsil ma’lumot bilib oling.