O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ayrim savollarga javoblar yangi tartib bo‘yicha batafsil bilib oling.
Bu haqda Xushnudbek Xudoyberdiyev O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ayrim javoblarni berib o’tdi:
➖ “Perevod”da hech qanaqa imtiyoz, tavsiyanoma, maqsadli qabul degan narsalar yo‘q va o‘tmaydi;
➖ “Perevod”da 5 ta yo‘nalish tanlash degan narsa yo‘q, faqat bittasi tanlanadi;
➖ Xorijdan va O‘zbekistondagi nodavlat OTMlardan davlat OTMga “perevod” qilishning o‘tish ballari yuqorida ko‘rsatilgan;
➖ Xorijdan va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirishda kvota yo‘q, ya’ni kim mana shu o‘tish ballaridan o‘tkaza olsa, nechta bo‘lishidan qat’i nazar o‘shalarga “perevod” qilish huquqi beriladi. Boshqacha aytganda “perevod”chilar bir-biriga raqobatchi emas, ular faqat o‘z bilimi bilan kurashadi xolos.
Mundarija
- 1 O‘qishni ko‘chirish tartibi
- 1.1 Bir davlat OTMdan boshqa davlat OTMga o‘qishni ko‘chirish
- 1.2 Xorijdan o‘qishni ko‘chirish
- 1.3 O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish
- 1.4 Davlat OTMdan nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish
- 1.5 Nodavlat OTMdan nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish
- 1.6 Xorijdan nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish
- 2 O‘qishni ko‘chirish hujjat topshirish
O‘qishni ko‘chirish tartibi
Bir davlat OTMdan boshqa davlat OTMga o‘qishni ko‘chirish
Bunday holda faqat 2 ta vaziyatda ruxsat beriladi:
1) talaba oila qursa va turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi OTMga ko‘chmoqchi bo‘lsa;
2) davlat xizmatchisi ish yuzasidan boshqa hududga ko‘chsa va turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandining o‘qishini o‘sha hududga ko‘chirmoqchi bo‘lsa (ishga kirgan vazirlik xati asosida).
❌Boshqa holda “ichki perevod”ga ruxsat yo‘q. Boshqa hududga ham, o‘z hududidagi boshqa OTMga ham.
Xorijdan o‘qishni ko‘chirish
Bunda o‘tgan yilgi tartib saqlanib qolgan:
1) mos va turdosh yo‘nalishga test yoki ijodiy imtihon topshiradi hamda o‘tish balini to‘plash talab etiladi;
2) o‘tish balini to‘play olmasa, super-kontrakt shartlari asosida o‘qishini ko‘chirishga ruxsat beriladi;
3) xorijdan mos va turdosh bo‘lmagan yo‘nalishga o‘qishni ko‘chirishga ruxsat berilmaydi.
O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish
Bunda ham o‘tgan yilgi eskicha tartib saqlanib qolgan:
1) mos va turdosh yo‘nalishga test yoki ijodiy imtihon topshiradi hamda o‘tish balini to‘plash talab etiladi;
2) o‘tish balini to‘play olmasa, super-kontrakt shartlari asosida o‘qishini ko‘chirishga ruxsat beriladi;
3) mos va turdosh bo‘lmagan yo‘nalish uchun esa bir martalik «super-kontrakt» to‘lab ko‘chirishi mumkin.
Davlat OTMdan nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish
Buni davlat nazorat qilmaydi, buning tartibini nodavlat OTMlarning o‘zi mustaqil belgilaydi. Nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish mumkin yoki mumkin emasligini o‘sha OTMning o‘zidan aniqlashtiring.
Nodavlat OTMdan nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish
Buni ham davlat nazorat qilmaydi, tartibini ko‘chirmoqchi bo‘linayotgan nodavlat OTMdan aniqlashtirish kerak.
Xorijdan nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish
Buni ham davlat nazorat qilmaydi, tartibini ko‘chirmoqchi bo‘linayotgan nodavlat OTMdan aniqlashtirish kerak.
O‘qishni ko‘chirish hujjat topshirish
➡️ transfer.edu.uz — respublikaning bir OTMdan boshqa OTMga yoki bir OTM doirasida;
➡️ my.dtm.uz — xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan.
☝️Qabul 5 avgustgacha (shu kuni ham) davom etadi.
Kerakli hujjatlar:
◾️ ariza (onlayn tarzda)
◾️ transkript yoki reyting daftarchasi (JPEG yoki Pdf shakli)
◾️ akademik ma’lumotnoma (o‘qishni tiklovchilar uchun).
Я хочу перавот в узбекистана
ASSALOM alaykum uqishimni uzim uqiyotgan unvrsetda kudizgidan sirtqi qilsam buladmi