OTM Qabul 2023 o’zgarishlar yangiliklar batafsil bilib oling

OTM Qabul 2023 o’zgarishlar yangiliklar

«Abituriyent nafaqat ta’lim yo‘nalishlari, balki ta’lim shaklini ham tanlashlari mumkin»

Bilim va malakalarni baholash agentligi direktori Majid Karimov Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasida abituriyentlarning OTMlarga hujjat topshirishda ta’lim shakllari cheklanmasligi haqida ma’lum qildi.

💬 Ilgari har bir abituriyent yo‘nalish tanlayotganda 5 tagacha tanlardi. Hozir o‘sha 5 ta yo‘nalish, agar kunduzgi ta’lim shaklini tanlasa, o‘sha doirada cheklanardi.

Agar kechki [ta’lim yo‘nalishi]ni tanlasa, kunduzgiga o‘tolmasdi. Bu yil shunday qilyapmizki, nafaqat ta’lim yo‘nalishlari, balki ta’lim shaklini ham tanlashlari mumkin.

Hozir bilamizki, ta’lim shakli 4 tagacha ko‘paydi: kunduzgi, kechki, sirtqi, masofaviy. Talaba o‘zi xohlagan [ta’lim shakli]da o‘qishi mumkin. Bitta yo‘nalishni tanlab, o‘shaning ta’lim shakliga qarab, barchasida ishtirok etishi mumkin. Mana shu yangilik bu yil joriy qilinyapti,» – dedi Majid Karimov.

Imtihonlarida shaffoflikni taʼminlash boʻyicha

OTMga kirish imtihonlarida shaffoflikni taʼminlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumot berildi

Tavsiya etamiz  O‘qishni ko‘chirish 2023 bo‘yicha test sinovi natijalari e’lon qilindi

Bilim va malakalarni baholash agentligi direktori Majid Karimov Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasida maʼlum qilishiga joriy yilda OTMlarga kirish imtihonlari:

🏫 Sovitish tizimi bilan taʼminlangan yopiq binolarda ikki smenada oʻtkaziladi.

👫 Har bir smenada 45 ming nafarga yaqin abituriyentlar imtihon topshiradi.

📹 Imtihonlar internet tarmogʻi va televideniye orqali onlayn translyatsiya qilinadi.

🔎 Identifikatsiya tizimlari, xususan, barmoq izi va FaceControl (yuzni tanish) orqali oʻrniga kirishlarning oldi olinadi.

📥 Test topshirgan abituriyentlarning natijasi imtihon oʻtgan kunning kelasi kuni kechgacha natija shaxsiy kabinetga yuboriladi.

📌 Yakuniy mandat barcha imtihonlar yakunlanganidan keyin bir hafta muddatda eʼlon qilinadi.

Hujjat topshirish

Endi OTMlarga hujjat topshirishda ta’lim shakllari cheklanmaydi

Bu haqda Bilim va malakalarni baholash agentligi direktori Majid Karimov Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasida ma’lum qildi.

💬 Avvallari abituriyentga 1 ta’lim shakli bo‘yicha 5 tagacha yo’nalishni tanlash imkoniyati taqdim etilgan bo’lsa, hozirda talabalar ta’lim shaklidan qat’i nazar o‘zlari qiziqqan yo‘nalishlarni tanlashlari mumkin.

Bunda talabalar bitta yo’nalishni tanlab, ta’lim shakliga ko’ra barchasida ham ishtirok etishi mumkin,» – dedi Majid Karimov.

Tavsiya etamiz  Prezident, ixtisoslashtirilgan, ijod maktablariga qabul 2023 onlayn ariza topshirish qo’llanma

Bu yil qabul qachondan boshlanadi?

✅ JAVOB: Bu yilgi qabul uchun abituriyentlarning hujjat topshirish jarayoni 20-iyundan 20-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi. Chet tilidan kasbiy ijodiy imtihon topshiruvchi abituriyentlar esa, 10-iyulgacha hujjatini topshirib bo‘lishi kerak.

Xalqaro press klubning“Qabul-2023: kvotalar, imkoniyat va imtiyozlar” mavzusidagi sessiyasidan

Qabul bo‘yicha boshqa yangiliklar haqida kanalimiz orqali xabar berib boramiz.

Kasbiy (ijodiy) imtihonlar tartibi

Joriy o‘quv yili qabulida 8 ta OTMda chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘ladi

Bular xorijiy tillar bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlashga ixtisoslashgan

👉 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti;
👉 Samarqand davlat chet tillar instituti;
👉 Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti;
👉 Andijon davlat chet tillar instituti;
👉 Namangan davlat chet tillar institutining fanlar majmuasiga chet tili birinchi fan sifatida kiritilgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga hamda

👉 Toshkent davlat pedagogika universiteti;
👉 Qo‘qon davlat pedagogika instituti;
👉Nukus davlat pedagogika institutining xorijiy tillar bo‘yicha pedagoglarni tayyorlovchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlarida chet tili fanidan tinglab tushunish, o‘qish, yozish hamda gapirish kompetensiyalarini aniqlash va baholashga qaratilgan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladi.

Tavsiya etamiz  Chet tilidan ijodiy imtihon qabul 2023 natijalari e’lon qilindi

Ma’lumot uchun, ushbu tartib Vazirlar Mahkamasining qarori bilan o‘tgan 2022/2023-o‘quv yili qabulidan boshlangan edi.

Прокрутить вверх