OTMlarga ro‘yxatdan o‘tish statistika 14-iyul holati

Tavsiya etamiz

2021-yil 14-iyul 18:00 holatiga ko’ra OTMlarga 2021-2022-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot bilan tanishing.

Jami ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni 400 818 nafar.

Ta’lim shakli bo‘yicha:

  • Kunduzgi ta’lim shakli – 235 882 nafar;
  • Sirtqi ta’lim shakli – 153 430 nafar;
  • Kechki ta’lim shakli – 11 506 nafar.

Tillar kesimida:

  • O‘zbek tili – 341 103 nafar;
  • Rus tili – 47 674 nafar;
  • Qoraqalpoq tili – 10 381  nafar;
  • Boshqa tillar – 1 660 nafar.

Abituriyentlar tomonidan eng ko‘p tanlanayotgan OTMlar:

  • O‘zbekiston milliy universiteti – 13 823 nafar;
  • Toshkent davlat pedagogika universiteti – 13 560 nafar;
  • Namangan davlat universiteti – 12 922 nafar;
  • Jizzax davlat pedagogika instituti – 12 723  nafar;
  • Urganch davlat universiteti – 12 030 nafar.

To‘liq tanishish uchun faylni yuklab oling

My.dtm.uz sayti orqali ro’yhatdan o’tish va hujjatlarni onlayn topshirish uchun ushbu sahifada batafsil tushuncha berilgan:OTMlarga onlayn hujjat topshirish bo’yicha batafsil yo’riqnoma O’TISH.