Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari

Abituriyent ruxsatnomasi 2022 yuklab olish:

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan “2021-2022-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori loyihasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari portaliga joylandi (https://regulation.gov.uz/uz/d/32978).

Unga ko‘ra, quyidagilar 2021-2022-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalariga davlat buyurtmasi qabul parametrlarini shakllantirishning asosiy yo‘nalishlari etib belgilanishi ko‘zda tutilgan:

birinchidan, davlat buyurtmasi parametrlari doirasida yoshlarni oliy ta’limga qamrab olishni kengaytirish, davlat granti asosidagi davlat buyurtmasi parametrlarini 2020-2021-o‘quv yiliga nisbatan 25 foizga oshirilgan holda belgilash;

ikkinchidan, jamiyatda ayollar rolini oshirish, ehtiyojmand oilalar qizlari uchun “ijtimoiy lift” tamoyili asosida xotin-qizlarni oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasini kengaytirish maqsadida alohida grant o‘rinlarini ikki barobarga oshirish;

uchinchidan, oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish davlat buyurtmasi parametrlarini shakllantirish bo‘yicha kadrlar buyurtmachilari ehtiyojlarini “quota.idm.uz” elektron portali orqali aniqlash;

to‘rtinchidan, vazirlik va idoralar, iqtisodiyot tarmoqlarining ehtiyoj yuqori bo‘lgan yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlashda davlat grantini nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga ham berish;

beshinchidan, oliy ma’lumotli kadrlarga ehtiyoj yuqori bo‘lgan hududlar uchun davlat buyurtmasi parametrlarining davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida maqsadli qabul parametrlarini tuman (shahar)lar kesimida taqsimlash.

Oliy ta’lim muassasalariga Davlat buyurtmasi parametrlari:

bakalavrlar tayyorlash bo‘yicha:
kunduzgi ta’lim shakliga – 115 343 nafar;
sirtqi ta’lim shakliga – 36 211 nafar;
kechki ta’lim shakliga – 6 325 nafar;

magistrlar tayyorlash bo‘yicha – 12 914 nafar;

nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga davlat buyurtmasi parametrlari 56 nafar etib belgilanishi qayd etilgan.

Shuningdek, Mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash vazirligining tavsiyanomasiga ega bo‘lgan xotin-qizlar uchun bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha 2000 nafar qo‘shimcha davlat granti ajratilishi kutilmoqda.

Loyiha muhokamasi 10-aprelga qadar davom etadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting