Ovqatni hazm qilish uchun qancha vaqt kerak?

Tavsiya etamiz

Barchamiz uchun eng foydali ma’lumotlardan inson ovqat tanovul etgandan keyin qancha vaqt ichida hazm bo’ladi?
Suv. Bo‘sh oshqozonga ichgan zaxoti ichakka tushadi.
Sharbatlar. Meva, sabzavot sharbatlari 15-20 daqiqada singadi.
Mevalar. Jumladan, tarvuz 20 daqiqada singadi. Apel’sin, uzumning singishi uchun yarim soat talab etiladi. Yarim kilogrammgacha yeyish mumkin. Olma, nok, shaftoli, olcha, boshqa yarim shirin mevalar xazm bo‘lish vaqti — 40 daqiqa. Bu mevalarning 2 yoki 3 xilini 350-500 gramm miqdorida tanovul qilish mumkin.

Xom sabzavotlar. Salat qilingan sabzavotlar — pomidor, salat ko‘kati, bodring, sel’der, qizil, ko‘k qalampir, boshqa shirali sabzavotlar xazm bo‘lish vaqti 30-40 daqiqa.
Bug‘da yoki suvda pishirilgan sabzavotlar, jumladan, ko‘kat 40 daqiqada singadi. Kabachki, gulkaram, loviya, pishirilgan jo‘xori 45 daqiqada xazm bo‘ladi. Turp, sabzi, lavlagi, boshqa ildizmevali sabzavotlar xazmi uchun 50 daqiqadan kam bo‘lmagan vaqt talab etadi. Bunda avval ko‘katlar, sung sabzavotlar iste’mol qilinadi. Tarkibida kraxmal bo‘lgan sabzavotlar — qovoq bilan kartoshkaning xazm bo‘lishi uchun bir soat atrofida vaqt kerak. Kraxmalli ovqatlar. Guruch, grechka, oqlangan tariq, jo‘xori uni, suli, arpa yormasi o‘rtacha 60-90 daqiqada singadi.

Dukkaklilar — kraxmallar, proteinlar, loviya, ko‘k no‘xat xazm bo‘lishi uchun 90 daqiqa zarur. Bir kishi uchun ko‘pi bilan 120 gramm ruxsat etiladi.

Urug‘lar. Yong‘oqlar, kungaboqar, qovoq, kunjut urug‘lari ikki soat mobaynida singadi. Pistalarning ikki turdagisini 30 grammdan 120 grammgacha iste’mol qilish mumkin. Bodom, yeryong‘oq (xomi), yong‘oq xazm bo‘lishi uchun 2,5-3 soat vaqt kerak.
Ulardan faqat bir turdagisini, agar og‘ir jismoniy mexnat bilan band bo‘lmasangiz, 90 grammgacha yeyish mumkin.

Yog‘siz uy pishlog‘i, tvorog, brinza kabi sut maxsulotlari singishi uchun taxminan 90 daqiqa zarur bo‘ladi. Bir marta iste’mol uchun 120-240 gramm kifoya qiladi.
Jonivorlardan olinadigan proteinlar xazmi uchun: tuxum sarig‘i — 30 daqiqa, butun tuxumga — 45 daqiqa ketadi. Bir kunlik me’yor — 1 yoki 2 dona.

Baliqlar 45-60 daqiqada xazm bo‘ladi. Ko‘pi bilan 180 gramm yeyiladi. Jo‘ja 1,5-2 soatda xazm bo‘ladi. Ko‘pi bilan 120 gramm iste’mol qilinadi. Kurka go‘shti 2-2,5 soatda singadi. Bir o‘tirishda ko‘pi bilan 120 gramm yeyish mumkin.
Qo‘y va mol go‘shti 3-4 soatda xazm bo‘ladi. Bir o‘tirishda yeyish miqdori — 120 gramm.