O‘zbekistonda so‘nggi uch oyda eng ko‘p qo‘yilgan ismlar

Abituriyent ruxsatnomasi 2022 yuklab olish:

2021-yilning birinchi choragida O‘zbekistonda yangi tug‘ilgan o‘g‘il bolalarga Muhammadali ismi, qizlarga esa Soliha ismi eng ko‘p qo‘yilgan.

Joriy yilning yanvar-mart oylarida 5 236 nafar o‘g‘il farzandga Muhammadali ismi, 5 114 nafar qiz farzandga Soliha ismi berilgan.

DXA axborot xizmati ma’lum qilishicha, 2021 yilning uch oyida 91 067 nafar o‘g‘il bola va 84 837 nafar qiz bolaga tug‘ilganlik haqida guvohnoma berilgan.

Joriy yilda qizlarga Soliha ismidan tashqari Muslima (2969), Shukrona (2252), Imona (1913), Farzona (1423), Mubina (1350) ismlari ham ko‘p qo‘yilgan.

O‘g‘il bolalar ismlarining top 5taligida esa Muhammadalidan tashqari Muhammad (2997), Abdulloh (2711), Mustafo (2333), Imronbek (2062) ismlari ham bor.

Tavsiya etamiz: A harfi boshlanadigan Barcha ismlar Manosi Arabcha, o’zbekcha manolari

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting