Oziq-ovqatlar haqida eng sara topishmoqlar

Oziq ovqatlar haqida topishmoqlar. Barcha topishmoqlar javobi bilan. Eng sara topishmoqlar to’plami.

Mundarija

Xamir haqida topishmoqlar

1. Bir qo‘yim bor,
Turib semirar.

Topishmoqning javobi
(Xamir)

2. Oq qo‘yim bor,
So‘ysam qoni yo‘q.

Topishmoqning javobi
(Xamir)

3. Yumalatsam joni yo‘q,
Yulib olsam qoni yo‘q.

Topishmoqning javobi
(Xamir)

4. Mushtlab-mushtlab urarlar,
Muncha gunoh qilibman.
O‘tga solib yoqarlar,
Muncha osi bo‘libman.
Muncha meni xorlarlar,
Bilmam nima qilibman.
Muncha meni sevarlar,
Qanday shirin bo‘libman.

Topishmoqning javobi
(Xamir, non)

Non haqida topishmoqlar

5. Xom soldim,
Pishiq oldim.

Topishmoqning javobi
(Yopgan non)

6. Sovuq kirib,
Issiq chiqar.

Topishmoqning javobi
(Yopgan non)

7. Oq otdim,
Qizil oldim.

Topishmoqning javobi
(Yopgan non)

Tavsiya etamiz: Mevalar haqida eng sara topishmoqlar to’plami

Ugra haqida topishmoqlar

8. Ko‘prik ustida bir tutam poxol.

Topishmoqning javobi
(Ugra)

9. Quduqqa sochimni yoydim.

Topishmoqning javobi
(Ugra)

10. Ip eshib quduqqa tashladim.

Topishmoqning javobi
(Ugra)

11. Kesdim,
Quduqqa tashladim.

Topishmoqning javobi
(Ugra)

Go’sht haqida topishmoqlar

12. Bir kiyigim bor,
Bir joyda turib dirkillar.

Topishmoqning javobi
(Go‘sht)

13. Esam tishimga kiradi,
Emasam tushimga kiradi.

Topishmoqning javobi
(Go‘sht)

Chuchvara haqida topishmoqlar

14. Bukdim,
Quduqqa tashladim.

Topishmoqning javobi
(Chuchvara)

15. Bir qozondan qirq tuya suv ichar.

Topishmoqning javobi
(Chuchvara)

16. Ming qo‘yim suvga tushdi.

Topishmoqning javobi
(Chuchvara)

17. Quda buvam quduqqa tushdi,
Quloqlari shalpillab tushdi.

Topishmoqning javobi
(Chuchvara)

18. Matalim matti,
Qulog‘i qatti.
Qozonga solsam,
Tikrayib yotdi.

Topishmoqning javobi
(Chuchvara)

Sumalak haqida topishmoqlar

19. Osh pishirdim, tuzi yo‘q.

Topishmoqning javobi
(Sumalak)

20. Jummoq qo‘ydim, jubin top,
Jumalay boyning otin top.
Tag‘i qo‘ydim, tag‘i top,
Totli biyning otin top.

Topishmoqning javobi
(Sumalak)

Turli oziq-ovqatlar haqida topishmoqlar

21. Suv emas, suyuq,
Qor emas, oq.

Topishmoqning javobi
(Sut)

22. Oltmish ikki aybni oq yopar.

Topishmoqning javobi
(Qatiq)

23. Palovning ostida,
Suvning ustida.

Topishmoqning javobi
(Zig‘ir moy)

24. O‘zi oppoq, qor emas,
Non bo‘lmaydi, un emas.

Topishmoqning javobi
(Shakar)

25. Jummoq qo‘ydim jup-jupgina,
Tomizig‘i tol-tolgina,
Tolqon bersang, ochaman.

Topishmoqning javobi
(Pashmak)

26. Bir o‘rdakka bir chimdim.

Topishmoqning javobi
(Choy)

27. Tor ko‘chaga o‘t tushdi,
Bora borguncha kuyib tushdi.

Topishmoqning javobi
(Issiq choy ichish)

28. Chaynaladi, chaynaladi, yutilmaydi.

Topishmoqning javobi
(Saqich)

29. Yettisi bir yerga yig‘ilsa,
Beshisi bir yerga yig‘iladi.

Topishmoqning javobi
(Palov)

30. Qorong‘i uyda shivir-shivir.

Topishmoqning javobi
(Shovla)

31. Qozon ichida oppoq qor.

Topishmoqning javobi
(Shirguruch)
Tavsiya etamiz  Hasharotlar haqida eng sara topishmoqlar
Прокрутить вверх