Past Simple (negative and questions) — O’tgan oddiy zamonning inkor va so’roq shakli

Abituriyent ruxsatnomasi 2022 yuklab olish:

Past Simple (negative and questions) — O’tgan oddiy zamonning inkor va so’roq shakli

Past Simpleda inkorni ifodalash uchun «did not» (qisqartmasi: didn’t)dan foydalanamiz. «Did» so’zi «do» fe’lining o’tgan zamon ko’rinishi.

▪️Odatiy hozirgi zamon:
• I do not watch television very often — Men odatda tez-tez televizor ko’rib turmayman.

▪️Oddiy o’tgan zamon:
• I did not watch television yesterday — Men kecha televizor ko’rmadim.

Savol berish uchun esa «did»dan foydalanamiz. So’roq gap tuzilishida so’zlarning tartibi bunday:
Birinchi navbatda: agar bor bo’lsa What/Where/How kabi so’roqlar.
Keyin esa: Did yoki didn’t.
Undan keyin: Gapning egasi.
Keyin qolgan so’zlar yoziladi.

Masol:
• What did you do yesterday evening? — Kecha kechqurun nima qildingiz?

Did va did not 3-shaxs birlik (he/she/it)da ham shunday yoziladi. Hozirgi zamon fe’liga o’xshab does yoki does not deb «s» qo’shilmaydi.

O’tgan zamon fe’lida noto’g’ri fe’llar ikkinchi ko’rinishda ishlatilishini avvalgi darsimizda aytgan edik.
Shu yoddan chiqmasinki, did va did not ishlatilgan gapda harakatni bildiruvchi so’zlarga «ed» qo’shilmaydi, irregular fe’llar ham birinchi ko’rinishda bo’ladi.❗️

Did va did not bilan qisqa javoblar berish mumkin:
1. Yes + I did, we did, you did, he did, she did, it did, they did.
2. No + I didn’t, he didn’t va hokazo.
Ya’ni, «Yes» yoki «No» so’zidan keyin vergul, undan keyin kishilik olmoshi, keyin did yoki did not.

O’tgan zamonda davom etayotgan ish harakatini bildirish uchun was/were fe’llaridan foydalanib, ish-harakatni bildiruvchi so’zga davomiy hozirgi zamon qo’shimchasi «ing» qo’yamiz. Davomiy hozirgi zamonda «I am sitting» (men o’tiribman) bo’lsa, davomiy o’tgan zamonda «I was sitting» (men o’tirgan edim) bo’ladi. Ya’ni, hodisa o’tgan zamonda davom etayotganini tushunamiz.

• I am watching TV — Men televizor ko’ryapman.
• I watch TV — Men odatda televizor ko’raman.
• I watched TV — Men televizor ko’rdim.
• I was watching TV — Men televizor ko’rayotgan edim.

Savol berish uchun avvalgi darsdagi kabi, was/were egadan oldinga o’tadi:
• Was he playing? — U o’ynayotgan edimi?
Javob berish uchun ham avvalgi darsdagidek «Yes, I was» yoki «No, I wasn’t» kabi qisqa javob berish mumkin.

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting