Tavsiya etamiz
Past simple — Oddiy o’tgan zamon
Ish-harakatni o’tgan zamonga aylantirish uchun work, play, clean kabi fe’llarga «ed» qo’shiladi: worked (ishladi), played (o’ynadi), cleaned (tozaladi).
Live, dance kabi so’zlarga «d» qo’shiladi: lived, danced.
Marry, study kabi so’zlarda «y» tushib qolib, «ied» qo’shiladi: married, studied.
Farqini ko’ring:
• I am watching television — Men televizor ko’ryapman.
• I watched television — Men televizor ko’rdim.
Ingliz tilida fe’llar ikki xil bo’ladi: regular (to’g’ri) va irregular (noto’g’ri) fe’llar. ▪️To’g’ri fe’llar past simpleda kelganda oxiriga «ed» qo’shiladi. ▪️Noto’g’ri fe’llarga esa «ed» qo’shilmasdan so’zning o’zi ikkinchi va uchinchi ko’rinishlarga o’zgaradi. Past simpleda noto’g’ri fe’llarning ikkinchi ko’rinishi ishlatiladi.
Irregular fe’llar deyarli barcha ingliz tili qo’llanmalarida mavjud, biz keyingi postlarimiz orqali deyarli barcha noto’g’ri fe’llarni taqdim etamiz:
Begin — began — begun
Go — went — gone
• Bobur went to the cinema last week — Bobur o’tgan hafta kinoga ketgan edi.