Pedagog xodimlar uchun xushxabar, yangi qonun loyihasi muhokamaga qo‘yildi

Tavsiya etamiz

Bizni telegram orqali ham kuzatishingiz mumkin Kanalga obuna bo’lish

Bugun, Adliya vazirligi tomonidan «Pedagog xodimlarning maqomi to‘g‘risida»gi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

Mazkur qaror loyihasida davlat ta’lim tashkiloti pedagog xodimining bazaviy lavozim maoshi bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan (2 million 230 ming so‘mdan) kam bo‘lishi mumkin emasligi, pedagog xodimning bazaviy lavozim maoshi ta’lim sohasi bo‘yicha mutaxassisligi, malaka toifasi hamda ilmiy darajasi, davlat mukofotlari va unvonlari inobatga olingan holda hisoblananishi nazarda tutilgan.

Agar bu qaror tasdiqlansa:

✅Chet tili va fanlarni bilish bo‘yicha imtiyoz beriladigan darajadagi  milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan tegishli chet tili va fan bo‘yicha ta’lim beruvchi pedagog xodimlarga, sertifikatning amal qilish muddati davomida bazaviy lavozim maoshining 50 foizi miqdorida har oylik ustamalar to‘lanadi.

❗️Malaka toifasi (lavozim)ga ega pedagog xodimlarga quyidagi miqdorlarda har oylik ustama to‘lanadi:

✅ikkinchi malaka toifasi (katta o‘qituvchi lavozimi) uchun – bazaviy lavozim maoshining kamida 20 foizi;

✅birinchi malaka toifasi (yetakchi o‘qituvchi lavozimi) uchun – bazaviy lavozim maoshining kamida 30 foizi;

✅oliy malaka toifasi (bosh o‘qituvchi lavozimi) uchun – bazaviy lavozim maoshining kamida 50 foizi.

❗️Mazkur qaror bilan rahbar xodimlarga ham qo‘shimcha ustamalar belgilanadi:

✅Maktab direktorlariga – bazaviy lavozim maoshining 30 foizi miqdorida;

✅Direktor o‘rinbosarlariga – bazaviy lavozim maoshining 20 foizi miqdorida xar oylik ustamalar to‘lanadi.

Shuningdek o‘qituvchilarga:

✅ellik olti ish kunidan iborat yillik haq to‘lanadigan uzaytirilgan ta’til;

✅bayram (ishlanmaydigan) kunlari munosabati bilan bir bazaviy lavozim maoshi miqdorida mukofotlar;

✅uzaytirilgan ta’til berilganida, kalendar yilda bir marta bazaviy lavozim maoshi miqdorida sog‘lig‘ini tiklash uchun moddiy yordam ham berib borilishi nazarda tutilgan.

❗️Ko‘p yillarlan buyon mehnat qilib kelayotgan o‘qituvchilarga ularning ish stajiga mutanosib ravishda quyidagi miqdorlarda to‘lanadi:

✅5 yildan 10 yilgacha – bazaviy lavozim maoshining 15 foizi;

✅10 yildan 20 yilgacha – bazaviy lavozim maoshining 30 foizi;

✅20 yil va undan ortig‘iga – bazaviy lavozim maoshining 40 foizi.

Qaror loyihasi bilan to‘liq tanishib chiqib, o‘qituvchilarga berilayotgan boshqa imtiyozlarni ham bilib olishingiz mumkin.

O‘qituvchilar quyidagi havolada keltirilgan ro‘yxatdan orqali loyiha muhokamasida ishtirok etishlari mumkin.