Pedagoglarning malaka (test) sinovi 2022 oʻtkaziladigan imtihon joylari bilib oling

⚡️ Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda pedagoglarning oʻquv fani boʻyicha malaka (test) sinovi 2022-yil oʻtkaziladigan joylar maʼlum boʻldi.

Taʼlim inspeksiyasi tomonidan zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari vositalari bilan taʼminlangan yirik hajmli xonalarda onlayn tarzda pedagog kadrlar attestatsiyasining malaka (test) sinovlari tashkil etilayotgani haqida avval xabar berilgan edi.

Mazkur jarayonlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda oʻtkaziladigan mazkur jarayonlar oʻtkazilish manzillari maʼlum boʻldi.

Ushbu jadval orqali hududlarda malaka (test) sinovlari oʻtkaziladigan binolar bilan tanishishingiz mumkin.

Toshkent shahridagi pedagoglar uchun malaka (test) sinovlarini oʻtkazish jadvali

Sinovlar 2022-yilning 12–22-oktyabr kunlari Taʼlim inspeksiyasi binosida (Chilonzor tumani, Nurxon koʻchasi-21) uy oʻtkaziladi.

❗️ Attestatsiyaga jalb qilingan pedagoglarga ortiqcha ovoragarchilik va kutib qolishning oldini olish maqsadida sinovlarga shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar (PASPORT va murojaat yuborishda toʻldirilgan soʻrovnoma) bilan oʻzingiz uchun belgilangan vaqtdan yarim soat oldin yetib kelishingiz yetarli ekanligini eslatib oʻtamiz.

❗️Shuningdek, malaka (test) sinovlari joriy yilning 25-oktyabridan boshlanishi rejalashtirilgan.

📌 Pedagog kadrlar attestatsiyasi malaka (test) sinovlarining fanlar kesimidagi oʻtkazilish muddatlari haqida Taʼlim inspeksiyasining rasmiy kanali (@uztdi) orqali xabar beriladi.

Прокрутить вверх