Perevodlar uchun super-kontrakt uchun ariza berish boshlandi

Xorij va O‘zbekistondagi xorijiy oliygohlar, ularning filiallaridan o‘qishini ko‘chirishda belgilangan o‘tish balini to‘play olmagan talabgorlar DIQQATIGA!

Endi xorij va O‘zbekistondagi xorijiy oliygohlar, ularning filiallaridan transfer.dtm.uz tizimi orqali ro‘yxatdan o‘tib, o‘qishini ko‘chirishda belgilangan o‘tish balini to‘play olmagan, ammo tabaqalashtirilgan toʻlov-shartnoma asosida oʻqish istagini bildirgan talabgorlar uchun ham t-kontrakt.edu.uz platformasi orqali onlayn ariza berish hamda shartnomani onlayn rasmiylashtirish imkoniyati yaratildi.

Bu haqda Oliy ta’lim vazirligi ma’lum qildi.

Talabgorlar onlayn ariza berish hamda shartnomani rasmiylashtirish jarayonlari haqida ushbu 👉 video yo‘riqnoma orqali batafsil bilib olishlari mumkin.

Tavsiya etamiz