Tavsiya etamiz
Sabzavotlar va Poliz ekinlari haqida eng sara topishmoqlar. Barcha topishmoqlar javobi bilan. Eng sara topishmoqlar to’plami.
Mundarija
- 1 Tarvuz haqida topishmoqlar
- 2 Qovun haqida topishmoqlar
- 3 Oshqovoq haqida topishmoqlar
- 4 Bodring haqida topishmoqlar
- 5 Karam haqida topishmoqlar
- 6 Sholg’om haqida topishmoqlar
- 7 Sabzi haqida topishmoqlar
- 8 Piyoz haqida topishmoqlar
- 9 Garmdori haqida topishmoqlar
- 10 Ayrim ekin mahsulotlari haqida topishmoqlar
Tarvuz haqida topishmoqlar
1. Xo‘ppa semiz,
Bir tuki yo‘q.
2. Uzoqdan yaldir-yuldur,
Yoniga kelsam qulfi-kalit.
3. Ko‘kkina qo‘zim, quvanda turib semiradi.
4. Men ajab hayronman bir narsaga,
Qoziqda boylovli turibdi-yu,
Onasi bolasining qornida.
5. Jumboq qo‘ydim, jubin top,
Yumaloq biyning otin top.
Tag‘i qo‘ydim, tag‘i top,
Tolli biyning otin top.
Qovun haqida topishmoqlar
6. Zar-zar to‘ni bor,
Zarbdan panohi bor.
Urdi pichoqni,
Uning ne gunohi bor.
7. Bir uyning ichida
to‘rt ko‘rpacha yoyig‘lik turibdi.
Eshigi ham yo‘q, teshigi ham yo‘q,
Mehmon kelsa ochiladi.
8. Xilla xiloyim bor,
Janda-kulohim bor.
Boshimga urdilar pichoq,
Mening ne gunohim bor?
9. Bozordan bir narsa ol,
Ham o‘zing ye, ham tovug‘ing yesin,
Ham moling yesin.
10. Buxorodan kelgan fil,
Orqasidan tasma til.
Oshqovoq haqida topishmoqlar
11. Oppoq, semiz, moyi yo‘q,
Terisi qalin, juni yo‘q.
12. Qo‘shnimning arqoni devoldan oshib tushdi.
Bodring haqida topishmoqlar
13. Pishmaganda mazali,
Pishganda mazasiz.
14. Mayda-mayda uzunchoq,
Tashi ko‘k, ichida zirachak,
Karam haqida topishmoqlar
15. Qat-qat to‘nli,
Qarich bo‘yli.
16. Qat-qat quloq,
Dum-dumaloq.
Sholg’om haqida topishmoqlar
17. Yer tagida oltin bosh.
18. Yer tagida zar kalapush.
19. Kalta bobom ichkarida,
Quloqlari tashqarida.
Sabzi haqida topishmoqlar
20. Yer tagida oltin qoziq.
21. Sari bobom ichkari,
Soqollari tashqari.
22. Qizil qiz yer ostida,
Sochlari yer ustida.
23. Boyning o‘g‘li Boysari,
Soqollari sap-sari.
24. Iyagi yerga qaragan,
Soqoli osmonga qaragan.
Piyoz haqida topishmoqlar
25. Past-past bo‘yi bor,
Etti qavat to‘ni bor.
26. Yer tagida kokilli bachcha.
27. Yer tagida oq sochli boy yotar.
28. Qirq ko‘ylagi bor,
Bir tugmasi yo‘q.
29. Urmasdan yig‘latar.
30. Yer tagida kumush kunda,
Sho‘rva qilsang kelar kunda.
Garmdori haqida topishmoqlar
31. Bir barmoqcha bo‘yi bor,
Qizil baxmal to‘ni bor.
32. Qizilgina ko‘zachak,
Ichi to‘la zirachak.
33. Bizlar, bizlar biz edik,
Bizlar bir talay qiz edik,
Bizlarni uzdilar,
Bir ipga tuzdilar.
34. Qonga o‘xshash, qoni yo‘q,
Bolasining soni yo‘q.
Ayrim ekin mahsulotlari haqida topishmoqlar
35. Yer tagida yumron qoziq.
36. Yer tagida chaksa go‘sht.
37. Yer ustida mushtday quyruq.