Tavsiya etamiz
Present continuous (questions) — Hozirgi davomli zamonning so’roq shakli
Question — savol. Ya’ni, davomiy hozirgi zamon fe’lida savol berishni o’rganamiz.
Esingizda bo’lsa, o’tgan darslardan birida darak gapni so’roq gapga o’zgartirish uchun «to be» (am/is/are) fe’lini otdan oldinga o’tkazishni o’rgangan edik. Bu ham xuddi shunday bo’ladi. «He is walking» (U yuryapdi) bo’lsa, «Is he walking?» (U yuryapdimi?) bo’ladi.
Har bir gapda what, who, where, how kabi so’roq so’zlar ko’pincha gapning avvalida keladi. Keyin “to be» fe’li, keyin subject (ot) keyin verb (harakat so’zi) yoziladi.
• What > are > the children > doing? — Bolalar nima qilishyapdi?
• Why is she crying? — U (ayol) nimaga yig’layapti?
⚠️Eslatma:
Mavzuyimiz cho’zilib ketmasligi uchun har bitta qoidaga ko’pi bilan uchtagacha misol keltiramiz, xolos.
Ingliz tilini yaxshi o’rganishda so’zlarni yodlash ham katta o’rin tutadi. Lug’atlardan kerakli so’zlarni topib, yodlab borish tavsiya qilinadi. Biz imkonimiz boricha grammatik qoidalarni ko’rsatib ketamiz, xolos.