Present simple negative — Oddiy hozirgi zamonning inkor shakli

Tavsiya etamiz

🔰Agar siz oddiy hozirgi zamonda inkorni ifoda qilmoqchi bo’lsangiz ish-harakat so’zidan oldin 1-, 2-shaxsda va barcha shaxsning ko’pligida «do not» (qisqartmasi: don’t)ni ishlatasiz.

📖Misollar:

  1. I do not smoke — Men sigaret chekmayman.
  2. You do not work — Siz ishlamaysiz.
  3. We do not play — Biz o’ynamaymiz.
  4. They do not speak English — Ular odatda inglizcha gapirishmaydi.

🔰Odatiy hozirgi zamonda inkor ifoda qilinayotganda 3-shaxs birlikda (he/she/it) bo’lsa does not (qisqartmasi: doesn’t) ishlatiladi.

📖Masalan:
• He doesn’t like boxing — U boksni yoqtirmaydi.

🔺Agar ushbu gapda doesn’t bo’lmaganda «yoqtiradi» bo’lardi.

⚠️E’tibor beramiz, do not yoki does not qo’yilganda harakatni anglatadigan so’zga ies/es/s 🚫 harflari qo’yilmasdan shundayligicha yoziladi.