Present simple (questions) — Oddiy hozirgi zamonning so’roq shakli

🔰Oddiy hozirgi zamondagi gapni savolga aylantirish uchun gapning boshiga «Do / Does» so’zlaridan birini qo’shamiz:
• I work — Men ishlayman.
Do I work? — Men ishlaymanmi?

🔰What, Where, How kabi so’roq so’zlar gapning boshida keladi, keyin «do/does», keyin qolgan so’zlar keladi. Ba’zan often (tez-tez), never (hech qachon), sometimes (ba’zida), usually (odatda), always (doim) kabi so’zlar ham «do/does»dan oldin kelishi mumkin.

• What do you do? — Nima ish qilasiz?
🔺Bundagi birinchi «do» oddiy hozirgi zamonni bildiruvchi so’z, ikkinchi «do» — qilmoq ma’nosidagi mustaqil so’z bo’lib kelyapdi.

⚠️Savol berayotganda 3-shaxs birlikda (he/she/it) «does» ishlatiladi.
• Does he live in Uzbekistan? — U O’zbekistonda yashaydimi?

🔰Savollarga qisqa javoblar berish mumkin:
O’zingiz haqingizda — Yes, I do yoki No, I don’t.
2-shaxsda — Yes, you do yoki No, you don’t.
3-shaxs birlikda erkak bo’lsa — Yes, he does yoki No, he doesn’t.
3-shaxs birlikda ayol bo’lsa — Yes, she does yoki No, she doesn’t.
3-shaxs birlikda jinsi noma’lum yoki odam bo’lmasa — Yes, it does yoki No, it doesn’t.
3-shaxs ko’plikda — Yes, they do yoki No, they don’t.
🔺Hammasi «ha» yoki «yo’q» degan ma’noda ishlatiladi.

Прокрутить вверх