«ПРОВОДНИК» (BOSHLOVCHI) ILOVASI BILAN ISHLASH

Tavsiya etamiz

Reja · Boshlovchi ilovasi bilan ishlash · Xizmat ko’rsatish menyusi bilan ishlash «Проводник» (Boshlovchi) ilovasi Windows operatsion tizimi standart dasturlari tarkibiga kiruvchi dastur bo`lib, disk va fayllar bilan ishlashni osonlashtirish uchun xizmat qiladi. « Проводник» (Boshlovchi) ilovasida kompyuterdagi mavjud axborotlarning faylli strukturasini daraxt shaklida ko’rish mumkin. « Проводник» (Boshlovchi) ilovasi «Мой компьютер» (Me­ning kompyuterim) ilovasiga o’xshash bo`lib, faqat «Сервис» (Xizmat ko’rsatish) menyusi mavjudligi bilan farq qiladi. « Проводник» (Boshlovchi) menyusida quyidagi bo’limlar mavjud: Файл, Правка, Вид, Переход, Избранное, Сервис, Справка. «Сервис» (Xizmat ko’rsatish) menyusi yordamida fayllarni qidirish mumkin. Bu amal «Пуск» tugmachasi orqali chiqariladigan «Поиск» (Qidirish) optsiyasida ham bajariladi. Mazkur menyuda tarmoq diskini ulash va olib tashlash amallari ham bajariladi. Boshqa dasturlar kabi «Проводник» dasturi ham o’zining oynasiga yopish, o’lchamini o’zgartirish, yashirish tugmalari hamda o’z menyusiga ega. Oyna ikki: o’ng va chap bo’laklardan iborat. Chap bo’lakda disk va jildlar ro’yxati, o’ng bo’lakda esa chap bo’lakdan tanlangan ob’ekt­lar ichida mavjud jild va fayllar ro’yxati joylashtiriladi. Chap bulakda ob’ektlar oldida «-» belgi joylashgani shu disk yoki jild ichida jild joylashganini bildiradi. Bu belgi ustida holatning chap tugmasi bosilsa «+» belgiga aylanadi va ro’yxatdan ichki jildlar nomlari ham joy oladi. Papka ichida bir nechta ichma-ich joylashgan papkalar bo’lishi mumkin. «+» belgining ustida holatning chap tugmasi bosilsa belgi yana «-» belgiga aylanadi. Bilimingizni tekshirib oling! Ø Boshlovchi ilovasi haqida ma’lumot bering? Ø Xizmat ko’rsatish menyusi bilan ishlash haqida ma’lumot bering?