Prezident maktabiga kirish imtihoni javoblari qachon e’lon qilinadi?

So‘nggi paytlarda imtihon natijalari bilan bog‘liq murojaatlar kelib tushmoqda. Ulardan eng ko‘p so‘ralgan savollarga javob beramiz.

❓Prezident maktabiga kirish imtihoni javoblari qachon e’lon qilinadi?
▶️Kirish imtihoni natijalari Cambridge Assessment tashkiloti tomonidan 16-sentabrgacha e’lon qilinishi ko’zda tutilgan.

❓Prezident maktabi imtihon natijalari e’lon qilingunga qadar farzandim o’zi tahsil olgan maktabda o‘qib tursa bo‘ladimi?
▶️Ha. Prezident maktablari natijalari chiqqunga qadar har bir o’quvchi o’zi tahsil olgan maktabida o‘qishni davom ettirishi mumkin. Prezident maktablarida o‘qish taxminan oktyabr oyidan boshlanishi rejalashtirilmoqda.

❓Farzandim Prezident ta’lim muassasalari tizimidagi ixtisoslashtirilgan va Prezident maktabga imtihon topshirgan edi. Ixtisoslashtirilgan maktabga o‘qishga kirdi. Hozir ushbu maktabda o‘qishni boshlab, keyin Prezident maktabi imtihon natijalariga ko’ra, o’qishini o‘tkazsa bo‘ladimi?
▶️ Agar o‘quvchi Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktabga qabul qilingan bo‘lsa va Prezident maktabi imtihoni natijalari e’lon qilingandan so‘ng, ushbu o‘quvchining Prezident maktabi imtihonidan ham o‘tganligi ma’lum bo‘lsa, bu o‘quvchi o‘qishini ko‘chirib, ta’limni Prezident maktabida davom ettirish imkoniyatiga ega.

Tavsiya etamiz  Barcha fanlardan 5-6-7-8-9-10-11-sinflar uchun imtihon biletlari 2021
Прокрутить вверх