Prezident maktablari bitiruvchilari uchun qo‘shimcha imtiyozlar joriy qilindi

Abituriyent ruxsatnomasi 2022 yuklab olish:

“Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–5188-son, 19.07.2021 y.) qabul qilindi.

▪️Qarorga ko‘ra, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi – Prezident ta’lim muassasalari agentligi etib qayta nomlandi.

☑️ 2021 yil 1 sentyabrgacha:

🔸 xalqaro (International Advanced Levels) dasturlar talablariga muvofiq o‘quvchi va pedagog kadrlarning STEAM fanlari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni baholash hamda ularga xalqaro darajadagi AS va A-LEVEL sertifikatlarini berish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi;

🔸 Prezident maktablarida o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish, ularga keyinchalik o‘qishini davom ettirish uchun OTMlarni tanlashda ko‘maklashishga qaratilgan “Maktab maslahatchisi” (School Councillor) dasturi joriy etiladi;

💰 2021/2022 o‘quv yilidan O‘zbekistondagi xorijiy OTM va ularning filiallari hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kirgan Prezident maktablari bitiruvchilariga to‘lov-kontrakt summasini qoplash uchun subsidiya to‘lanadi.

🔘 Shuningdek, quyidagilarga test sinovlarisiz va qo‘shimcha imtihonlarsiz o‘qishga kirish huquqi beriladi:

➖ Prezident maktablari bitiruvchilariga davlat oliy ta’lim tashkilotlariga umumiy belgilangan davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlariga nisbatan qo‘shimcha davlat granti asosida;

➖ Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarning bitiruvchilariga ixtisoslik yo‘nalishidan kelib chiqib davlat oliy ta’lim tashkilotlarining kimyo, biologiya, fizika va axborot texnologiyalari sohalari uchun kadrlar tayyorlaydigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga umumiy belgilangan qabul parametrlaridan tashqari bazaviy to‘lov-kontrakt asosida;

➖ Agentlik tizimidagi ijod maktablarining bitiruvchilariga ixtisoslik yo‘nalishidan kelib chiqib davlat oliy ta’lim tashkilotlarining tilshunoslik, adabiyot, pedagogika, tarjimonlik, jurnalistika sohalari uchun kadrlar tayyorlaydigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga umumiy belgilangan qabul parametrlaridan tashqari bazaviy to‘lov-kontrakt asosida.

📌 Xalqaro (International Advanced Levels) dasturlarning A va B darajadagi A-LEVEL sertifikatlariga ega abiturientlar davlat oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirishda sertifikat berilgan fan bo‘yicha kirish imtihonidan ozod etiladi hamda ularga mazkur fandan maksimal ball beriladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting