Hozirgi vaqtda barchani qiziqtirib turgan Prezident maktablari saralash imtihonlari tartibi bilan tanishing.
Prezident maktablariga 1-bosqich imtihonlari 60 daqiqa davom etadi. Respublikadagi epidemiologik vaziyat inobatga olingan holda, imtihonlar ochiq hududlarda o’tkazilishi rejalashtirilgan.
Ayrim xususiy o‘quv kurslari tomonidan Prezident maktablariga hujjat topshirgan o‘quvchilarga qo‘ng‘iroq qilib, kitob sotib olish va test imtihonlaridan o‘tib, bilimlarimizni sinab ko‘rishni taklif etishmoqda. Bu gaplar qanchalik to’g’ri?
Talabgorlardan bunday xabarlarga ishonmasliklarini so’raymiz. Prezident maktablariga ariza topshirgan nomzodlarga faqat PIIMA yoki 1523 raqamidan sms yuboriladi. Boshqa raqamlardan bo‘lgan qo‘ng‘iroqlar va sms-xabarnomalar Agentlikka tegishli emas.
Eslatib o’tamiz, Agentlik tizimidagi Ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul davom etmoqda. Mazkur maktablarga ariza topshirib, arizasi tasdiqlanganiga 24 soat bo‘lgan nomzodlar edu.piima.uz platformasi orqali o‘z bilimlarini sinab ko‘rishlari mumkin.
Tavsiya etamiz: Prezident maktablari uchun namunaviy savollar to’plami