Prezident maktablariga o‘quvchilarni qabul qilish tartibi qanday?

Tavsiya etamiz

Hozirgi vaqtda barchani ayniqsa yoshlarimiz qiziqtirib turgan Prezident maktablariga o‘quvchilarni qabul qilish tartibi qanday?

Prezident maktablariga 2021/2022 o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 5-25 IYuN’ kunlari ONLAYN shaklda portal.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

Prezident maktablariga qanday hujjatlar talab etiladi?

  1. tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma
  2. ma’lumotnoma shakli (direktor tomonidan tasdiqlangan);
  3. 3×4 rasm (oxirgi 2 oyda olingan);
  4. baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan);
  5. pasport ma’lumotlar va telefon raqamlar (talabgorning ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning doimiy ishlab turgan telefon raqamlari).

Tavsiya etamiz: Prezident maktablari uchun namunaviy savollar to’plami

Prezident maktablariga nechanchi sinflarga qabul qilinadi?

Toshkent, Nukus, Xiva, Namangan shahridagi Prezident maktablariga 5 va 6 sinflarga;
Guliston, Jizzax, Samarqand, Buxoro, Andijon, Farg‘ona, Qarshi, Navoiy, Nurafshon va Termiz shaharlaridagi Prezident maktablariga 5-6-7-8-9-10 sinflarga qabul qilinadi.

Kirish imtihonlari qachon bo‘lib o‘tadi?

1-bosqich (saralash)
2021 yil 20-25 iyul’
2-bosqich (asosiy)
2021 yil 20-23 avgust kunlariga rejalashtirilgan

Ota-onalar uchun imtihon jarayonini onlayn translyasiyasi: test2021.uz

Tavsiya etamiz: Prezident maktablariga ishga kirmoqchi boʻlgan pedagog kadrlarga qanday talablar qoʻyiladi?

Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
“Call-markaz” qisqa raqami: 1206; 71 207-72-22
Internet: portal.piima.uz
Telegram: @piimauz
Facebook: piima.uz