Qabul 2021 To‘lovni amalga oshirmagan abituriyentlarga yana bir imkon berildi

Tavsiya etamiz

Davlat komissiyasining 2-son bayonida kasbiy (ijodiy) imtihonlar bilan birga majburiy uchta – ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq), metamatika va O‘zbekiston tarixi fanlaridan test sinovi orqali bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan, biroq belgilangan to‘lovni amalga oshirmagan abituriyentlarga bir ish kuni ichida tegishli to‘lovni amalga oshirishga ruxsat berildi.

Bunda mazkur toifadagi abituriyentlar 28-iyul kuni 18:00 ga qadar to‘lovni amalga oshirishlari mumkin.