Qabul 2022 my.dtm.uz dan onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha tartibi batafsil yo’riqnoma

Abituriyentlar uchun oliy ta’lim muassasalariga o’qishga kirish uchun my.dtm.uz saytidan onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha batafsil yo’riqnomani havola qilamiz.

Mundarija

my.dtm.uz ro‘yxatdan o‘tish yo’riqnomasi

joriy yilda ro’yxatdan o’tish my.dtm.uz va my.gov.uz saytlari orqali amalga oshiriladi. Bunda bravzerdan my.dtm.uz saytiga kiriladi va quyidagi oyna chiqadi.

Yuqoridagi oynadan ro’yxatdan o’tish tugmasi bosiladi

Hosil bo’lgan oynadan quyidagi bandlari to’ldiriladi, birinchi bo’lib telefon nomer, shaxsiy kabinet uchun parol, parolni tasdiqlash uchun ikki marta kiritiladi, keyingi band arifmetik amal hisoblanib kiritiladi va shundan so’ng ro’yxatdan o’tish tugmasi bosiladi.

keyingi qadamda telefon raqamingizga sms kod keladi va shu kod kiritiladi va kirish tugmasi bosiladi

keyingi qadamda esa pasport ma’lumotlari kiritish oynasi ochiladi, abituriyentning shaxsiy identifikatsiya raqami pasport yoki ID seriyasi va raqami kiritiladi va so’ngra shaxsiy ma’lumotlaridan foydalanishga rozilik bildirilib saqlash tugmasi bosiladi.

keyingi oynada menyudan doimiy yashash manzili tugmasi bosiladi va doimiy yashash manzili kiritiladi va saqlash tugmasi bosiladi

keyingi oynaga menyudan tugatgan ta’lim muassasasi bosiladi va tugatgan ta’lim muassasasi tanlanadi, unda muassasa turi, davlat, viloyati, muassasa, tamomlagan yili tanlanadi qolgan seriyasi va raqami yoziladi saqlash tugmasi bosiladi

Tavsiya etamiz  Sog‘liqni saqlash sohasi uchun maqsadli qabul kvotalari 2022

Ta’lim yo’nalishlarini tanlash tartibi

Oliy ta’lim muassasalariga ta’lim yo’nalishlarini tanlash uchun birinchi Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga qabul (2022-2023-o‘quv yili uchun) tugmasini bosamiz.

Keyingi qadamlar ochilgan oynadan xizmatdan foydalanish tugmasi bosamiz.

Ochilgan oynadan test sinovlarida qatnashish uchun ro‘yxatdan o‘tish to‘g‘risida oferta shartnomasi bilan tanishib shartnoma shartlarini qabul qilish tugmasini bosamiz, shartnomaning pastki qismida joylashgan.

Abituriyentga berilgan imtiyozlarni bilish tartibi

1-imtiyozlar tugmasini bosamiz agarda abituriyentda boshqa turdagi imtiyozi bor bo’lsa bunda imtiyozlar bo’limi avtomatik ravishda chiqadi, masalan qanaqa imtiyoz harbiy tavsiyanoma, harbiy xizmati farzandi, Ayollaga berilgan imtiyozlar va hakazo kiradi, agar chiqmasa imtiyoz taqdim etgan vazirlik va idoraga murojaat etishi lozim.

2-Chet tili sertifikati tugmasini bossangiz agarda abituriyentda chet tili milliy va xalqaro sertifikasi bor bo’lsa kiritiladi va saqlash tugmasi bosiladi.
3-Nogironlik to’g’risidagi ma’lumotnoma tugmasi bossangiz agarda nogironlik to’g’rida sertifikat bo’lsa avtomatik ravishda chiqadi agar chiqmasa imtiyoz taqdim etgan vazirlik va idoraga murojaat etishi lozim. Yoki agarda sertifikasi bor bo’lsa kiritiladi va saqlash tugmasi bosiladi.

Abituriyentda boshqa turdagi imtiyozi bor bo’lsa bunda imtiyozlar bo’limi avtomatik ravishda chiqadi, agar chiqmasa imtiyoz taqdim etgan vazirlik va idoraga murojaat etishi lozim.

Tavsiya etamiz  O‘zbekiston musulmonlar idorasi tasarrufidagi Islom bilim yurtlariga kirish test sinovlari sanasi

Keyingi bo’limda agarda abituriyentda umumta’lim fanlarida milliy sertifikat bor bo’lsa, sertifikat ma’lumotlari ask etadi bunda abituriyent sertifikatdan foydalanishi yoki rad etishi mumkin.

Ustivorlik va maqsadli qabulni tanlash tartibi

Shundan so’ng ustivorlik sifatida davlat granti yoki davlat granti va to’lov kontrakti belgilaydi va tasdiqlaydi va abituriyent test toshirish hududi, ta’lim shakli, ta’lim tili, test topshirish alifbosi belgilanadi.

Shundan so’ng birinchi Oliy ta’lim muassasasi va yo’nalishi tanlanadi, Shundan so’ng fanlar majmuasi bir xil bo’lgan 5 tagacha ta’lim yo’nalishi va talim shakl tanlash imkoniyati beriladi. Kerakli yo’nalishlarni tanlab saqlash tugmasini bosamiz.

Shundan so’ng kerakli ta;lim yo’nalishlarni ta’lim shaklini tanlab bo’lganimizdan keyin TEST SINOVI TOPSHIRILADIGAN FANLAR BO‘YICHA TEST TOPSHIRIQLARI SONI VA BAHOLASH MEZONLARI chiqadi va tanishib chiqib saqlash tugmasini bosamiz.

Shundan so’ng ma’lumotlarni tasdiqlash uchun  abituriyentning telefon raqamiga sms yuboriladi, shu kod kiritiladi va tasdiqlash tugmasi bosiladi.

Tavsiya etamiz: Kunduzgi, sirtqi, kechki, imtiyorlar bo’yicha 2021-2022-o‘quv yili uchun o‘tish ballari

Shundan so’ng abituriyent uchun ABITURIYENT QAYD VARAQASI hosil bo’ladi,

Tavsiya etamiz  Magistraturaga qabul 2022 bo‘yicha turdosh oliy ta'lim yo‘nalishlari ro‘yxati tasdiqlandi

ABITURIYENT QAYD VARAQASI abituriyentni pasport ma’lumotlari, TANLANGAN TA’LIM YO‘NALISHLARI, To’lov holati To‘lov amalga oshirilmagan oshirilgan, IMTIYOZLAR bor yoki yo’qligi, ABITURIYENTGA ESLATMAlar berilgan bo’ladi, Agarda abituriyentda imtiyoz mavjud bo’lsa su yerda ham aks etadi.

Ma’lumotlar tasdiqlanganidan so’ng abituriyentning qayd varaqasi shakllanadi. Abituriyentning qayd varaqasining quyi qismida test sinovi uchun to’lovni amalga oshirish uchun invoys raqam hosil bo’ladi va shu invoys raqamga to’lovni amalga oshirish bilan ro’yxatdan o’tish yakunlanadi.

Ushbu ma’lumotlar dtm.uz saytida tayanib tayyorlandi.

Tavsiya etamiz: 2022-2023-o‘quv yili uchun qabul parametrlari kvotalari yuklab olish

Прокрутить вверх