Qabul-2023 Abituriyentlarga tavsiya etilgan darsliklar ro‘yxati e’lon qilindi

Davlat test markazi tomonidan 2023-2024-o’quv yili uchun, abituriyentlarga tavsiya etilgan darsliklar ro’yxati e’lon qilindi.

Tavsiya etilgan darsliklar ro‘yxati 2023-yil iyul-avgust oylarida o‘tkaziladigan 2023-2024-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlariga taalluqli bo‘lib, umumta’lim maktablari va akademik litseylarning 2022-2023-o‘quv yili bitiruvchilari hamda boshqa abituriyentlar test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rishlari uchun tavsiya sifatida taqdim etilgan.

Tavsiya etilgan o‘quv adabiyotlar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tavsiya etilgan o‘quv adabiyotlar ro‘yxati asosida shakllantirilgan.

Darsliklar ro‘yxati bilan https://dtm.uz/info/textbooks manzili orqali tegishli fan va tilni tanlagan holda tanishishingiz mumkin.
Abiturioyentlarga tavsiya etamiz DTM Majburiy va mutaxassislik barcha fanlaridan namunaviy testlar to’plami 2022 yuklab oling.

Tavsiya etamiz