Qabul 2023/2024 o‘quv yili bakalavriat qabuli uchun fanlar majmuasi tasdiqlandi yangiliklarni bilib oling

Tavsiya etamiz

2023-2024-o‘quv yili uchun fanlar majmuasi

✅ Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi oʻtkaziladigan fanlar majmuasi tasdiqlandi.

👉 2023-2024-o‘quv yili uchun fanlar majmuasi yuklab olish

Yurisprudensiya yo‘nalishi bo‘yicha barcha OTMlarda huquqshunoslik va chet tilidan imtihon olinadi. Mutaxassislik blokida tarix fanidan savollar bo‘lmaydi.

O‘tgan yili Toshkent davlat yuridik universitetida 2023 yildan boshlab kirish imtihonlarida tarix o‘rniga huquq fanidan savollar bo‘lishi rasman ma’lum qilingandi. Lekin boshqa OTMlarda, masalan, O‘zMU, JIDU, QDU, SamDU, NamDU va boshqalarda huquqdan savollar tushishi shu choqqacha aytilmagandi.

Bugun e’lon qilingan fanlar majmuasidan ko‘rinadiki, demak endi yurisprudensiyaga oid barcha yo‘nalishlarda, u qaysi OTMda bo‘lishidan qat’i nazar, tarix o‘rniga huquqdan savol tushadi.

Tavsiya etamiz: Majburiy fanlardan namunaviy test topshiriqlari yuklab olish