Abituriyentlar uchun oliy ta’lim muassasalariga qabul 2023 ( 2023-2024-o‘quv yili ) o’qishga kirish uchun my.uzbmb.uz saytidan onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha batafsil yo’riqnomani havola qilamiz.
Mundarija
my.uzbmb.uz ro‘yxatdan o‘tish tartibi
joriy yilda ro’yxatdan o’tish my.uzbmb.uz va my.gov.uz saytlari orqali amalga oshiriladi. Bunda bravzerdan my.uzbmb.uz saytiga kiriladi.
Quyidagi oyna chiqadi.
Yuqoridagi oynadan ro’yxatdan o’tish tugmasi bosiladi
Hosil bo’lgan oynadan quyidagi bandlari to’ldiriladi, birinchi bo’lib telefon nomer, shaxsiy kabinet uchun parol, parolni tasdiqlash uchun ikki marta kiritiladi, keyingi band arifmetik amal hisoblanib kiritiladi va shundan so’ng ro’yxatdan o’tish tugmasi bosiladi.
keyingi qadamda telefon raqamingizga sms kod keladi va shu kod kiritiladi va kirish tugmasi bosiladi.
Shundan so’ng Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga qabul (2023-2024-o‘quv yili uchun) tugmasi bosiladi. Keyingi qadamda esa pasport ma’lumotlari kiritish oynasi ochiladi, abituriyentning shaxsiy identifikatsiya raqami pasport yoki ID seriyasi va raqami kiritiladi va so’ngra shaxsiy ma’lumotlaridan foydalanishga rozilik bildirilib saqlash tugmasi bosiladi.
keyingi oynada menyudan doimiy yashash manzili tugmasi bosiladi va doimiy yashash manzili kiritiladi va saqlash tugmasi bosiladi
keyingi oynaga menyudan tugatgan ta’lim muassasasi bosiladi va tugatgan ta’lim muassasasi tanlanadi, unda muassasa turi, davlat, viloyati, muassasa, tamomlagan yili tanlanadi qolgan seriyasi va raqami yoziladi saqlash tugmasi bosiladi.
Ta’lim yo’nalishlarini tanlash tartibi
Oliy ta’lim muassasalariga ta’lim yo’nalishlarini tanlash uchun birinchi Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga qabul (2023-2024-o‘quv yili uchun) tugmasini bosamiz.
Keyingi qadamlar ochilgan oynadan xizmatdan foydalanish tugmasi bosamiz.
Oferta shartnomasi bilan tanishib.
Ochilgan oynadan test sinovlarida qatnashish uchun ro‘yxatdan o‘tish to‘g‘risida oferta shartnomasi bilan tanishib shartnoma shartlarini qabul qilish tugmasini bosamiz
Abituriyent imtiyozlarni tekshirish tartibi
1-imtiyozlar tugmasini bosamiz agarda abituriyentda boshqa turdagi imtiyozi bor bo’lsa bunda imtiyozlar bo’limi avtomatik ravishda chiqadi, masalan qanaqa imtiyoz harbiy tavsiyanoma, harbiy xizmati farzandi, Ayollaga berilgan imtiyozlar va hakazo kiradi, agar chiqmasa imtiyoz taqdim etgan vazirlik va idoraga murojaat etishi lozim.
2-Chet tili sertifikati tugmasini bossangiz agarda abituriyentda chet tili milliy va xalqaro sertifikasi bor bo’lsa kiritiladi va saqlash tugmasi bosiladi.
3-Nogironlik to’g’risidagi ma’lumotnoma tugmasi bossangiz agarda nogironlik to’g’rida sertifikat bo’lsa avtomatik ravishda chiqadi agar chiqmasa imtiyoz taqdim etgan vazirlik va idoraga murojaat etishi lozim. Yoki agarda sertifikasi bor bo’lsa kiritiladi va saqlash tugmasi bosiladi.
Abituriyentda boshqa turdagi imtiyozi bor bo’lsa bunda imtiyozlar bo’limi avtomatik ravishda chiqadi, agar chiqmasa imtiyoz taqdim etgan vazirlik va idoraga murojaat etishi lozim.
Keyingi bo’limda agarda abituriyentda umumta’lim fanlarida milliy sertifikat bor bo’lsa, sertifikat ma’lumotlari ask etadi bunda abituriyent sertifikatdan foydalanishi yoki rad etishi mumkin.
Ustivorlik va maqsadli qabulni tanlash tartibi
Shundan so’ng ustivorlik sifatida davlat granti yoki davlat granti va to’lov kontrakti belgilaydi va tasdiqlaydi va abituriyent test toshirish hududi, ta’lim shakli, ta’lim tili, test topshirish alifbosi belgilanadi.
Maqsadli qabul.
Shundan so’ng birinchi Oliy ta’lim muassasasi va yo’nalishi tanlanadi, Shundan so’ng fanlar majmuasi bir xil bo’lgan 5 tagacha ta’lim yo’nalishi va talim shakl tanlash imkoniyati beriladi. Kerakli yo’nalishlarni tanlab saqlash tugmasini bosamiz.
Shundan so’ng kerakli ta;lim yo’nalishlarni ta’lim shaklini tanlab bo’lganimizdan keyin TEST SINOVI TOPSHIRILADIGAN FANLAR BO‘YICHA TEST TOPSHIRIQLARI SONI VA BAHOLASH MEZONLARI chiqadi va tanishib chiqib saqlash tugmasini bosamiz.
Shundan so’ng ma’lumotlarni tasdiqlash uchun abituriyentning telefon raqamiga sms yuboriladi, shu kod kiritiladi va tasdiqlash tugmasi bosiladi.
Tavsiya etamiz: Kunduzgi, sirtqi, kechki, imtiyorlar bo’yicha 2022-2023-o‘quv yili uchun o‘tish ballari
Shundan so’ng abituriyent uchun ABITURIYENT QAYD VARAQASI hosil bo’ladi,
ABITURIYENT QAYD VARAQASI abituriyentni pasport ma’lumotlari, TANLANGAN TA’LIM YO‘NALISHLARI, To’lov holati To‘lov amalga oshirilmagan oshirilgan, IMTIYOZLAR bor yoki yo’qligi, ABITURIYENTGA ESLATMAlar berilgan bo’ladi, Agarda abituriyentda imtiyoz mavjud bo’lsa su yerda ham aks etadi.
Ma’lumotlar tasdiqlanganidan so’ng abituriyentning qayd varaqasi shakllanadi. Abituriyentning qayd varaqasining quyi qismida test sinovi uchun to’lovni amalga oshirish uchun invoys raqam hosil bo’ladi va shu invoys raqamga to’lovni amalga oshirish bilan ro’yxatdan o’tish yakunlanadi.
Ushbu ma’lumotlar my.uzbmb.uz saytida tayanib tayyorlandi.