Qish fasli haqida sara sherlar to‘plami

Qish va qish fasli haqida eng sara saralangan she’rlar to’plami sizlar uchun. Qish haqida sherlar.

Birinchi qor laylak qor

Birinchi qor laylak qor, balki oddiy oppoq qor. Guppillab yog’adiyu qo’lingda usholmaysan, uzoq tikilib qorga xayolsiz turolmaysan.

Xayolingda malika orzu qilganing erka, birga yurging keladi armoning doyim birga. Zorlanasan kelsindeb bir erkalab kulsindeb, so’zlashini xoxlaysan xech bo’lmasa ursindeb.

Oppoq qor yog’averar, bag’ringni tilaverar. Yog’masin deyolmaysan, yorni eslataverar.

Mayli yog’sin laylak qor, mayli ketsin bir dildor. Armonim bo’lsin shu qor, lekin kelmasin dildor.

Doyim bo’lganman xumor, yozganim o’shal dildor. Eslarmikin bir bora, degan xayollar bisyor.

Kumush qish

Barglarini to‘kkanda daraxt,
Xashoratlar bo‘lganda karaxt,

Pechkalarda yonganda o‘tin,
Mo‘rilardan chiqqanda tutun,

Dala, bog‘ni qoplaganda qor,
Muzlaganda arig‘u-anxor,

Sovuq xukm surganda xar dam,
Qalin kiyim kiyganda odam,

Dalalarda susayganda ish,
O‘lkamizda demak «kumush qish»!

Yetib keldi qish yana

O‘tib ketdi kuz chog‘i,
Yetib keldi qish yana.
Kengdir muzlik quchog‘i,
Bolalar tortar chana.

G‘izillashib o‘tishar
O‘g‘il-qizlar quvnashib.
Konki otib uchishar,
Bir-birlarin quvlashib.

Dam olib o‘tkazadi,
Bo‘sh vaqtlarin bolalar.
Oq to‘nga o‘raladi,
Butun atrof, dalalar.

Tavsiya etamiz  Onamiz tug‘ilgan kunlari uchun tabriklar

Qish ham rohat bizlarga –
Ish qilib, olamiz dam.
To‘lar o‘g‘il-qizlarga,
Qorli tepalar har dam.

Tavsiya etamiz: Yangi yil haqida eng sara sherlar

Qish (Bolalar uchun sher)

Dala-dashtda tindi ish,
Mehmon bo’lib keldi qish.
Qish emas, — qor bobo,
Sovg’alari bor bobo.

Uyda bezog’lik archa,
Tepasida oyparcha.
Xuddi yozday, bahorday,
Iliq kuzgi nahorday.

Qor yog’ar kecha-kunduz,
Suv sovqotib kiygan muz.
Dala-dasht — oppoq gilam,
Qoqib bo’lmas sira ham.

Orom berar qor yerga,
Dam-badam tushib terga.
Kela qolsa gul bahor,
Erib ketar yerdan qor.

Qor parchalar

Kavsar Turdiyeva

Qor parchalar, parchalar,

Oq kiyadi archalar.

Qir, adirlar, qo‘ralar

Oq kiyimga o‘ralar.

Uyga kirdi oq odam,

Qarasam, mening dadam.

Dadamning ustin qoqdim,

Dadamga kulib boqdim.

Yoqalarin tuzatdim,

Issiq to‘nni uzatdim.

Qish yaqin

Rauf Tolib

Quyonga dedi Ayiq:

— Buncha shoshasan, qiziq?

— Qish kelar qilich qayrab,

Qandoq o‘tiray qarab?

Qish g‘amini yeyapman.

—To‘xta, nima deyapsan?

Qish degani bir kecha…

— Unday emasdir hecham.

— Bir uxlab tursang, bahor!

— Bahorgacha ko‘p gap bor…

Qishli qirovli kunda

Ovqat so‘rayman kimdan?

— Qanaqa qish, ey ahmoq? —

Darg‘azab bo‘lar maymoq.

— Qishdan qo‘rqmaysiz, demak…

— Gap qaytarma tirmizak.

Qorqiz

Anvar Obidjon

Yo’laklarim — olmos qor,

Ko’ylaklarim — olmos qor,

Sochlarim ham olmos qor,

Tojlarim ham olmos qor.

Oqqina oqqush-oqqizman,

Qorbobo qorgan qorqizman.

Yo’ymang meni sho’r tuzga,

O’xshatmanglar g’irt muzga.

Tilim novvot, qaynoqdir,

Tavsiya etamiz  Alifbe bayrami uchun sherlar to'plami

Ko’nglim yumshoq, qaynoqdir.

Oqqina oqqush-oqqizman,

Qorbobo qorgan qorqizman.

Qor

Hamidulla Yoqubov

Qor, qor, qorlar,

Atrof porlar.

Yilt-yilt nurdek,

Oppoq undek.

Shakar undek,

Shakar, desam.

Agar yesam,

Og’rir tishim.

Qor, qor, qorlar,

Atrof porlar.

Yilt-yilt nurdek.

Qor havosi

Nurullo Oston

Qor havosi ufurar,

Shamollar yer supurar.

Uchar so’nggi xazonlar,

Tussiz bog’-u biyobon,

Bo’m-bo’sh ko’cha, xiyobon.

Osmon xira va rangsiz,

Bosib kelar qish jangsiz.

Qish sabog‘i

Abdurahmon Akbar

Shimimda to’rtta cho’ntak,

Paltomda to’rtta cho’ntak.

Birma-bir kirib chiqar

Bariga ikki qo’lim.

«Kuh-kuh»lab qo’llarimga

Oyimlar koyir andak,

— Shunaqa chatoq bo’lar

Qo’lqop yo’qotish,

O’g’lim!

Archa haqida

Dilshod Rajab

Archa ko’klamni quchib —

Mahkam olgandir ushlab.

Ko’klam ketolmas chiqib

Undan yoz-u kuz, qishlar.

Ko’klam archaga bandi,

Qila olar nima ham?

Axir u o’ralgandir

Sonsiz ninalar bilan!

Qish tasbehlari

Dilshod Rajab

Qor kiyingan archalar

Oq qalpoqqa o’xshaydi.

Yaltiroq shox-shabbalar

Jez taroqqa o’xshaydi.

Muz qotgan ariqchalar

Zar belbog’ga o’xshaydi.

Sumalaklar — qandillar

Muz chiroqqa o’xshaydi.

Qor ustida qarg’alar

Qora dog’ga o’xshaydi.

Yo oq qog’ozga tomgan

Rang — siyohga o’xshaydi.

Fe’li sovuq izg’irin

Ko’p chatoqqa o’xshaydi.

Quvib solar hammani,

Urto’qmoqqa o’xshaydi.

Qorqizning qormomosi

Safar Barnoyev

Qorbobom bilan kelsam,

Quvonasiz chindan.

Qormomong ham bormi, deb

So‘ramaysiz mendan.

Qormomom ham bor mening,

U tog‘larda yuradi.

Yo‘limiz oq bo‘lsin deb,

Qor yog‘dirib turadi.

Qishda

Narimon Orifjonov

Rosa maza qish,

Qorlari — kumush.

Oq kiygan atrof.

Qish havosi sof.

Konki uchamiz,

Hech charchamay biz.

Tavsiya etamiz  25 May So’ngi qo’ng’iroq tilaklari va sherlar to'plami

Goho qorbo‘ron

O‘ynab kim chaqqon? —

Bilib olamiz,

Qoyil qolamiz.

Qishda (Bolalar uchun sher)

Rosa maza qish,
Qorlari — kumush.
Oq kiygan atrof.
Qish havosi sof.
Konki uchamiz,
Hech charchamay biz.
Goho qorbo‘ron
O‘ynab kim chaqqon? —
Bilib olamiz,
Qoyil qolamiz.

Tavsiya etamiz: qorbobo va qorqiz haqida sherlar

Qish sabog‘i

Shimimda to’rtta cho’ntak,
Paltomda to’rtta cho’ntak.
Birma-bir kirib chiqar,
Bariga ikki qo’lim.

«Kuh-kuh»lab qo’llarimga,
Oyimlar koyir andak,
— Shunaqa chatoq bo’lar,
Qo’lqop yo’qotish, o’g’lim!

Oppoq qish-ey — (Bolalar uchun sher)

Oppoq qish-ey, oppoq qish,
Eh, qorlari yumshoq qish.
Chana, konki o‘ynatgan,
Quvnoq qish-ey, quvnoq qish.

Dam olmoqda dalalar,
Keng vodiylar, daralar,
Fasl gashti atrofga,
Qo‘shiq bo‘lib taralar.

Tarnovlarda sumalak,
Ko‘llar oyna—yaxmalak.
Ayting, ayting bo‘lmasin,
Hech kim yo‘lda charxpalak.

Sovuq hazllasharmi,
Yuzlar jizillasharmi,
Goho-goho uchragan,
Qo‘rqoqni izlasharmi?

Oppoq qor sut singari
Ona Yerga singadi.
Oftob kelib yaqinroq,
Qishning qahrin yengadi.

Oppoq qish-ey, oppoq qish,
Tarqoq qish-ey, qo‘rqoq qish.

Qish boshlandi

Dov-daraxtlar mizg’igan,
Izg’irin uel izg’igan.
Ko’chalar yaraqlaydi.
Yulduzlar charaqlaydi.
Jamlab barcha kuchini,
Kelmoqda qish qo’shini.

Tavsiya etamiz: Qish fasli haqida eng qiziqarli faktlar

Прокрутить вверх