Qishki “perevod” o’qishni ko’chirish uchun arizalar qabul qilish boshlandi

Qishki “perevod” uchun arizalar qabul qilish boshlandi

Prezidentning 279-sonli qarori 7-bandiga muvofiq uzrli sabablarga koʻra oʻqishni koʻchirish toʻgʻrisidagi arizalarni qabul qilish boʻyicha hududiy Ishchi guruhlar faoliyati yoʻlga qoʻyildi.

Arizalar 20 dekabridan 20 yanvarga qadar (o‘sha kuni ham) qabul qilinadi.

Qishki “perevod”ga barcha ham hujjat topshirolmaydi. Faqat 2 ta uzrli sababi borlarga ruxsat.

Qaysi sabablar uzrli sabablar hisoblanadi

1) talaba oila qurishi munosabati bilan turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi OTMga o‘qishini ko‘chirish uchun;

2) davlat organlarining xodimlari ish joyi o‘zgargan taqdirda uning turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandi o‘qishini ko‘chirish uchun (tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida).

Qanqay hujjatlar taqdim etiladi

Hududiy ishchi guruhlarga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

➖ o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza (ariza blankasi hududiy ishchi guruhi tomonidan beriladi va talaba tomonidan joyida to‘ldiriladi);
➖ talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnoma yoki transkript nusxalari (bittasi bo‘lsa yetarli);
➖ pasport nusxasi;
➖ yuqorida qayd etilgan uzrli sabablarni asoslovchi tegishli hujjatlar.

Tavsiya etamiz  O'qishni ko'chirish perovod uchun 2022-yil super-kontraktga ruxsat beriladimi

Hujjat topshirish OTM ro’yxati

O‘qishni qayta tiklash bo‘yicha (ko‘chirib tiklash bundan mustasno) arizalar talabaning chetlatilganligiga necha yil bo‘lganligidan qat’i nazar bevosita o‘zi tahsil olgan OTMga taqdim etiladi.

Avval xabarberganimizdek 2022/2023-o‘quv yili uchun magistratura qishki qabuli boshlandi tartibi yangiliklar bilib oling.

Xorijdagi OTMdan O‘zbekistondagi davlat OTMga o‘qishni ko‘chirish uchun arizalar hozir qabul qilinmaydi. Xorijdagilar faqat yozda onlayn ariza topshiradi hamda testga kirishadi.

Прокрутить вверх