Rasmiy xabar qishki ta’til uzaytirildi. O‘zbekistonga anomal sovuq ob-havo kirib kelishi munosabati bilan barcha bo‘g‘indagi ta’lim muassasalarida (maktab, lisey, texnikum, kollej, oliy ta’lim muassasalari va hk) qishki ta’til muddati 17 yanvarga qadar uzaytirildi.
O‘quv mashg‘ulotlari 18 yanvar chorshanba kunidan boshlanadi.
Mundarija
Pedagog va boshqa xodimlar ish haqi to’lanadimi?
Uzaytirilgan ta’til davrida ta’lim tashkilotlari pedagog va boshqa xodimlariga amaldagi ish haqi to‘lovlari saqlanib qoladi.
Qishki “perevod” o’qishni ko’chirish uchun arizalar qabul qilish so’ngi kuni bilib oling.
Avia hamda temir yo‘l chiptalari chegirma uzaytirildimi?
Avia hamda temir yo‘l chiptalari tarif qismidan 50 foiz chegirma muddati ham 2023 yilning 18 yanvariga qadar uzaytirildi.
9 yanvargacha xarid qilingan avia va temir yo‘l chiptalari bepul tarzda tegishli muddatga almashtirib beriladi.
Ta’til uzaytirilishi munosabati bilan avia hamda temir yo‘llarda qo‘shimcha joy (reys)lar ajratiladi.
Bog‘chalarda ham navbatdan tashqari ta’til e’lon qilinadi
Ob-havo haroratining keskin tushib ketishi sababli maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarida mavsumiy gripp kasalligi, shamollashning keskin ko‘payishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun 2023 yil 10-18 yanvarь kunlari navbatdan tashqari ta’til e’lon qilinadi.
Farzandi bog‘chaga borayotgan byudjet tashkilotlarida ishlaydigan ayollarning ish vaqti ish haqi kamaytirilmagan holda qisqartiriladi
Joriy yilning 10-18 yanvarь kunlari maktabgacha ta’lim tashkilotlarida navbatdan tashqari ta’til e’lon qilinishi munosabati bilan maktabgacha ta’lim yoshidagi (3-7 yoshli) bolalari bor, byudjet hisobidan moliyaviy jihatdan ta’minlanadigan muassasalar va tashkilotlarda ishlayotgan ayollarga mehnat shartnomasi shartlariga binoan mehnatga to‘lanadigan haqni kamaytirmasdan, ish vaqtining qisqartirilgan muddati belgilanadi.
Nodavlat ta’lim muassasalarida ham ta’til uzaytirildimi?
Hukumat bayonnomasiga ko‘ra, xususiy maktab, texnikum, kollej va universitetlar uchun qishki ta’til davrini 18 yanvariga qadar uzaytirish tavsiya etildi.
Shuningdek, xususiy bog‘chalar uchun 10-18 yanvarda navbatdan tashqari ta’til e’lon qilish tavsiya etildi.
Ya’ni xususiy ta’lim muassasalari uchun ta’tilni uzaytirish majburiy emas, tavsiyaviy xarakterga ega. Ammo anomal sovuq paytida yo‘lda kelish-ketish qiyinlashishini, elektr va gazga talab oshib, tez-tez o‘chishini hisobga olib, shuningdek yoshlar o‘rtasida gripp va shamollash tarqalishining oldini olish maqsadida nodavlat bog‘cha, maktab va universitetlarda ham ta’tilni uzaytirish maqsadga muvofiq, deya hisoblangan.