Tavsiya etamiz
QIZIL UZUM ShARBATI NIMANI KO‘PAYTIRADI?
🍇 Qizil uzum tarkibida glyukoza va temir moddasi bo‘lgani sababli u qonni ko‘paytiruvchi xususiyatga ham ega.
Buning uchun bir bosh uzum mevasi olinib, yaxshilab yuviladi. Keyin uzum donasini novdasidan ajratib, 1-1,5 litr suvga qaynatib, kompot tayyorlanadi.
🥤 Ichimlik nonushtadan yoki ovqatlangandan keyin bir piyoladan ichiladi. Muhimi, bunday sharbat tashnalikni ham qondiradi. Qolaversa, yurak-qon tomir faoliyatini yaxshilaydi. Ishtahani ochadi, ichni yumshatadi.
Lekin me’yordan ortiq ichilsa yoki yeyilsa, qorinni g‘uldiratadi.