Qurbonlik qilish tartibi, Erkak yoki urg‘ochi hayvonlardan qaysi birini qurbonlik qilish afzal?

Qurbonlik qilishda erkak yoki urg‘ochi hayvonlardan qaysi birini qurbonlik qilish afzal?

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohim. Aslida, qurbonlik uchun erkak hayvon bo‘lsin, urg‘ochi bo‘lsin go‘shti ko‘prog‘i afzal hisoblanadi. Chunki, bunda kambag‘allar uchun manfaat bor. Qolaversa, ba’zi hadislarda qurbonlik uchun atalgan hayvon oxiratda qurbonlik qiluvchining markabi bo‘lishi, qurbonlik bu dunyoda qancha katta bo‘lsa, oxiratda ham qurbonlik qiluvchiga shuncha yaxshi ekani ta’kidlangan (Mulla Ali al-Qori, “Mirqotul-mafotih” kitobi).

Agar qurbonlik qilinadigan hayvonlarning erkak va urg‘ochisi go‘shtining ko‘p-ozligida va qiymatida teng bo‘lsa, go‘shti shirinrog‘i afzal bo‘ladi. Shunga ko‘ra, qiymati va go‘shti teng bo‘lgan qo‘ylar orasida sog‘liq qo‘ydan qo‘chqor afzal sanaladi. Chunki qo‘chqorning go‘shti shirin bo‘ladi. Molda esa, g‘unajin buqadan afzal sanaladi. Chunki uning go‘shti shirin bo‘ladi. Tuyada ham erkagidan ko‘ra urg‘ochisini qurbonlik qilingani afzaldir (Burhoniddin ibn Moza, “Al-Muhiyt al-Burhoniy” kitobi). Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasining Fatvo hay’ati

Manba buxoroisharifuz

Tavsiya etamiz  Dunyodagi eng keksa egizaklar va dunyodagi eng keksa odam haqida
Прокрутить вверх