Rossiyaning ayrim hududlaridan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar qabul qilish muddati uzaytirildi

Rossiyaning ayrim hududlaridan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar qabul qilish muddati 30-noyabrga qadar qabul qilinadi.

🔰 Davlat komissiyasining 7-son bayoni bilan Rossiya Federatsiyasining Kursk, Bryansk, Belgorod, Voronej, Rostov va Krasnodar hududlaridagi OTMlarda tahsil olayotgan O‘zbekiston fuqarolarining o‘qishini O‘zbekistondagi davlat OTMlariga istisno tariqasida ko‘chirishga ruxsat berilgan edi.

📌 Keyinchalik Davlat komissiyasining 8-son bayoni bilan Qrim va Sevastopol hududlaridagi OTMlarda tahsil olayotgan O‘zbekiston fuqarolarining ham o‘qishini O‘zbekistondagi davlat OTMlariga istisno tariqasida ko‘chirishga ruxsat berildi.

✅ Shuningdek, mazkur bayon bilan yuqorida qayd etilgan hududlardagi OTMlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalarni qabul qilish muddatlari 10 kunga uzaytirildi.

📆 Mazkur hududlardagi OTMlardan O‘zbekistondagi davlat OTMlariga o‘qishini ko‘chirish istagini bildirgan O‘zbekiston fuqarolari 30-noyabrga qadar my.dtm.uz sayti orqali onlayn ariza berishlari mumkin.

Tavsiya etamiz  Ikkinchi mutaxassislikka onlayn hujjat topshirish boshlandi
Прокрутить вверх