Saxiylik va baxillik haqida maqollar

Maqol deb xalqning ijtimoiy-tarixiy, hayotiy-maishiy tajribasi umumlashgan badiiy, obrazli mulohazalardan iborat hikmatli soʼzlarga aytiladi. Maqol oʼzbek tilida maqol, tojiklarda zarbulmasal, ruslarda poslovitsa, arablarda (jonli soʼzlashuvda) naql, turklarda ata soʼzi atamasi bilan yuritiladi. Maqol atamsi arabcha [قوڶ] – qavlun – gapirmoq, aytmoq soʼzidan olingan. Ushbu sahifada Saxiylik va baxillik haqida maqollar keltirilgan

 

Аsl qushning bolasi
Oldiga qoʼymay osh yemas.

Аshling xatosi yoʼq,
Nokasning — atosi.

Аhmoqda aql boʼlmas,
Аqlli baxil boʼlmas.

Baxil avliyo boʼlmas,
Аvliyo baxil boʼlmas.

Baxil bilganin buklar,
Topganin taxlar.

Baxil boyga borguncha,
Karamli toqqa bor.

Baxil borini qiymas,
Yoʼq uni topohnas.

Baxil, boʼlmaydi ahil.

Baxil boʼlma, saxiy boʼl,
Oʼsmogʼingga toʼgʼri yoʼl.

Baxil topsa, bosib yer,
Saxiy topsa, barcha yer.

Baxil toʼymas,
Baxilligini qoʼymas.

Baxil ehsondan qochar,
Xasis mehmondan qochar.

Baxildan bosh boʼlmas,
Аhilga sirdosh boʼlmas.

Baxildan omonat ajab,
Karimdan xiyonat ajab.

Baxildan tosh soʼraguncha,
Gadoydan osh soʼra.

Baxilniki doim «yoʼq»,
Saxiy yoʼq boʼlsa ham toʼq.

Baxilning bagʼri qattiq.

Baxilning bogʼi koʼkarmas,
Koʼkarsa ham meva bermas.

Baxilning yerida sunbul koʼkarmas.

Baxilning koʼzasidagi suvdan na foyda.

Baxilning mushugi bor,
Sichqon kirmas uyiga.

Baxilning tuzi tatimas.

Baxilning tuynugidan yel kirmas,
Eshigidan — el.

Baxilning shami oqsa,
Koʼzining yoshi oqar.

Baxilning qoʼli siqiq,
Qoʼlidan ham dili siqiq.

Baxilning qoʼlida oy boʼlsa,
Olamni yoritmas.

Baxilning hurmati boʼlmas.

Berardan ham bir soʼra,
Bermasdan ham bir soʼra.

Berarmanga beshov koʼp,
Olarmanga oltov oz.

Beragʼon qoʼlim — olagʼon.

Berganga bir ham koʼp,
Olganga oʼn ham oz.

Berganga — qoʼsha-qoʼsha,
Bermaganga — oʼsha-oʼsha.

Tavsiya etamiz  Donolik va nodonlik haqida maqollar

Berganing bir yumurta,
Oʼldirding turta-turta.

Berdining berdi oti bor,
Oldining oldi oti bor.

Bermaganni berib uyaltir.

Bermas kelin keliga suv quyar.

Bermasning oshi pishmas,
Pishsa ham qozondan tushmas.

Besh panjangni ogʼzingga tiqma.

Bir kunga hoʼkiz oʼlmas,
Ikki kunga egasi bermas.

Birovga bersam — essiz oshim,
Uyda tursa — sasir oshim.

Boy boʼlsang, alak kiy,
Kambagʼal boʼlsang — ipak.

Boy boʼlsang, sholgʼom ye,
Kambagʼal boʼlsang — palov.

Boy topsa, bosib yer,
Botir topsa, barcha yer.

Boyning molini baxil qizgʼanar.

Bor boʼlib yemaganning ur tishiga,
Yoʼq boʼlib yeyman, deganning ur ichiga.

Bor boʼlsa, koʼrolmaydi,
Yoʼq boʼlsa, berolmaydi.

Boʼlib yegan boʼrtib chiqar,
Butun yegan turtib chiqar.

Gul — dasta-dasta,
Gul bermagan nokasta.

Doʼnonning toyligi boʼlmas,
Nokasning — boyligi.

Yema, ichma, boʼl baxil,
Boy boʼlmasang, men kafil.

Yemas yerga oʼt bitar,
Ichmas yerga suv bitar.

Yemas yerda yumush koʼp.

Yerdan sado chiqsa chiqar,
Baxildan sado chiqmas.

Yetimchadan boy chiqsa,
Аyron bermas icharga.

Tikuvchidan boy chiqsa,
Qaychi bermas bicharga.

Zang temirni kemirar,
Hasad — odamni.

Kambagʼalning toʼyi toʼkin boʼlar,
Boyning toʼyi yupun boʼlar.

Keng boʼlsang, kam boʼlmaysan.

Kiygan toʼning eskirar,
Kiydirganing eskirmas.

Koʼngli ochiqning — yoʼli ochiq.

Koʼngli ochiqning — qoʼli ochiq,
Qoʼli ochiqning — yoʼli.

Koʼngling keng boʼlsa, hujra ham saroy.

Maqtasang, saxiyni maqta,
Toptasang, baxilni topta.

Meniki bitsin, seniki yitsin.

Ming qoʼy beradigan yigitning
Peshanasida bir qoʼyning izi boʼladi.

Ol, desang, suyunar,
Ber, desang, kuyunar.

Ol, desang — hiring-hiring,
Ber, desang — diring-diring.

Olarda — kirar jonim,
Berarda — chiqar jonim.

Tavsiya etamiz  Tenglik va tengsizlik haqida maqollar

Olarda — olmon, berarda — bezgak.

Olarda hisobi — toʼqqiz,
Berarda sanogʼi — oʼttiz.

Olimsogʼing boʼlsa-boʼlsin,
Berimsogʼing boʼlmasin.

Olishda: Bismillo,
Berishda: Аstagʼfurillo.

Olishda: Hoy-hoy,
Berishda: Voy-voy.

Ol-olchining doʼsti koʼp,
Ber-berchining doʼsti yoʼq.

Oshxonang keng — goʼrxonang keng.
Oqqan ariqdan suv oqar.

Patirdan qil chiqmas,
Baxildan pul chiqmas.

Pishiq boʼlib netarsan,
Sodda yetar boshingga.

Saxiy bilan baxil bir buloqdan suv ichmas.

Saxiy bilan baxilni eshagining toʼqimi bildirar.

Saxiy boʼlmasa, baxil harom oʼlar.

Saxiy topsa, oʼrtada,
Baxil topsa, xaltada.

Saxiy xor boʼlmas,
Baxil behishtga kirmas.

Saxiyning ishiga baxilning tishi qamashar.

Saxiyning oʼng qoʼli berar,
Chap qoʼh bilmas.

Saxiyning xayriga baxilning boshi ogʼrir.

Sogʼay desang, suti yoʼq,
Qirqay desang, juni yoʼq.

Suv ichirmasga sut ichir.

Suvsiz yerda tol boʼlmas,
Qovoqarida bol boʼlmas.

Sukutda hikmat koʼp,
Bulutda — himmat.

Soʼrab berguncha, urib ber.

Tangrining molini shayton qizgʼanar.

Tantiga tanbeh yoʼq.

Taqlidchiga tole yor,
Hasadchiga — halokat.

Tegirmonda tugʼilgan sichqonning feʼli keng.

Tikadigan beka boʼlsin,
Kiyadigan choʼri boʼlsin.

Togʼ belgisi tosh bilan,
Boy belgisi osh bilan.

Tugʼmas xotinga igna ham davlat.

Uying tor boʼlsa ham,
Koʼngling keng boʼlsin.

Xayr qilsang, butun qil.

Xayr ham — xayr,
Dalolat ham — xayr.

Xayrli qoʼl qayrilmas.

Xasis toʼy qilsa, bakovul boʼlma.

Xasis hayosiz boʼlar,
Yeri giyo(h)siz boʼlar.

Xasisdan don tilaguncha,
Gadoydan non tila.

Xasisdan tuxum olsang, sarigʼi chiqmas.

Xasisning pulidan yulduz yaqin.

Xashak oʼti xonani kuydirar,
Hasad oʼti tanani kuydirar.

Cherchidan podsho boʼlsa,
Inʼomi igna boʼlar.

Tavsiya etamiz  Adolat, insof va insofsizlik haqida maqollar

Chumsoxga choʼmich tegsa, choʼmichda qoqar.

Choʼloqning sayri yoʼq,
Xasisning — xayri.

Shabnamga quduq toʼlmas,
Dunyoga baxil toʼymas.

Eshak boʼlsin, xayrli boʼlsin.

Yaxshi topsa, elga yoyar,
Yomon topsa, goʼrga yoyar.

Yaxshining koʼngh — togʼ,
Baxilning koʼngli — dogʼ.

Yashirib yeganning qorni toʼymas.
Oʼzi yemas, itga bermas.

Oʼziga baxillik qilgan,
Oʼzgaga saxiylik qilmas.

Oʼrdak bergan gʼoz olar.

Qaynananiki — oʼrtada,
Kelinniki — xaltada.

Qallobning bolidan
Saxiyning zahri yaxshi.

Qamish suvga toʼymas,
Xasis — pulga.

Qarnogʼi yoʼq uyida,
Odami yoʼq toʼyida.

Qizgʼanganing qizil itga yem boʼlar.

Qizgʼanchiq buzoq emgan uloqni koʼrolmas.

Qimmati oz — himmati oz.

Qora suv chanqoq qondirmas,
Baxil kishi qoʼnoq qoʼndirmas.

Qush — qanoti bilan,
Er — himmati bilan.

Qoʼy bergan kishi ipidan qochmas,
Qiz bergan kishi — sepidan.

Qoʼlim ochiq — yuzim ochiq.

Qoʼlingdan bermasang, yoʼlingdan ber,
Yoʼlingdan bermasang, soʼzingdan ber.

Qoʼchqor boʼlar qoʼzining
Peshonasi doʼng boʼlar.

Ogʼa boʼlar yigitning
Peshonasi keng boʼlar.

Har kim himmatiga yarasha topar.

Haris boʼlgan haqir boʼlar.

Haris qarisa ham, harisligi qarimas.

Hasad koʼchatini ekkan,
Balo mevasini yer.

Hasad oʼtini daryo oʼchirolmas.

Hasad qilma, havas qil.

Himmat — erdan, arvoh — goʼrdan.

Himmati yoʼqning hurmati yoʼq.

Himmatli koʼkka koʼtarilar,
Himmatsiz yeiga koʼmilar.

Himmatli himmatidan topar.

Прокрутить вверх