Sertifikatga ega o‘qituvchilarga har oy qo‘shimcha ustamalar to‘lanadi

Sertifikatga ega o‘qituvchilarga har oy qo‘shimcha ustamalar to‘lanadi.

Prezident farmoni bilan 2022-2026 yillarda xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dastur tasdiqlandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Unga ko‘ra, 2022 yil 1 sentyabrdan boshlab Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida:

✅ umumta’lim fanlari bo‘yicha tegishli darajadagi sertifikatga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga har oylik qo‘shimcha ustama quyidagi tartibda to‘lanadi:

➖ xalqaro tan olingan sertifikatga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga – ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida;

➖ xalqaro standartlar talablariga javob beradigan milliy baholash tizimida olingan sertifikatga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga – ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida. Bunda, milliy baholash tizimining xalqaro standartlar talablariga javob berishi vakolatli xalqaro tashkilotlar tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi lozim;

➖ xalqaro standartlarga javob berishi tan olinmagan DTMning milliy baholash tizimida olingan sertifikatga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga – ularning tarif stavkasiga nisbatan 20 foiz miqdorida (chet tili bo‘yicha sertifikatlar bundan mustasno);

✅ xalqaro standartlarga javob berishi tan olinmagan DTMning milliy baholash tizimida chet tili bo‘yicha olingan sertifikatga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga har oylik qo‘shimcha ustama:

Tavsiya etamiz  Joriy yildan sertifikatga ega rus tili o‘qituvchilariga ustama beriladi

➖ 2025 yil 1 yanvarga qadar – ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida;

➖ 2025 yil 1 yanvardan boshlab – ularning tarif stavkasiga nisbatan 20 foiz miqdorida to‘lanadi;

ℹ️ har oylik qo‘shimcha ustama sertifikat amal qilish muddati davomida, lekin uch yildan ko‘p bo‘lmagan vaqt mobaynida to‘lanadi;

❗️ umumta’lim fanlari bo‘yicha bir nechta sertifikatga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga har oylik qo‘shimcha ustama faqat bittasiga — yuqoriroq ustama olish huquqini beruvchi sertifikat bo‘yicha to‘lanadi.

Avval xabar berganimizdek joriy yildan sertifikatga ega rus tili o‘qituvchilariga ustama beriladi.

Xabar qilganimizdek 2022 yildan boshlab oltita OTMda chet tilidan ijodiy imtihonlar bo‘ladi.

Tavsiya etamiz: DTM CEFR imtihoni namunaviy test topshiriqlar to’plami yuklab oling

Прокрутить вверх