Joriy yildan boshlab Sertifikatga ega rus tili o‘qituvchilariga ustama beriladi.
Hukumatning tegishli qaroriga (№34, 19.01.2022 y.) ko‘ra, 2022 yil 1 fevraldan boshlab C1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatga ega rus tili fani o‘qituvchilariga sertifikat olingan kundan boshlab ikki yil davomida ustama to‘lash tartibi joriy etiladi.
Bunda har oyda oylik ish haqiga 50% ustama qo‘shiladi.
Hozirda ta’lim muassasalarining C1 darajadagi sertifikatga ega xorijiy tillar o‘qituvchilariga ularning bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 50 foiz miqdorida qo‘shimcha ustama haqi to‘lanmoqda.
Xabar qilganimizdek 2022 yildan boshlab oltita OTMda chet tilidan ijodiy imtihonlar bo‘ladi.
Tavsiya etamiz: DTM CEFR imtihoni namunaviy test topshiriqlar to’plami yuklab oling