Sirtqi taʼlimda oʻqib dars berayotgan pedagoglar ham mukofot puli olishi mumkinmi
Sirtqi taʼlimda oʻqib dars berayotgan pedagoglar ham mukofot puli olishi mumkin
“Men oliy taʼlim dargohlarining birida sirtqi taʼlim asosida oʻqiyman. Shuningdek, maktabda dars ham beraman. Direktorimiz mening ham oʻqib, ham ishlayotganimni sabab qilib mukofot puli bermayapti. Shu qonunan toʻgʻrimi?”
Mazkur savolga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Matbuot kotibi javob berdi:
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentyabrdagi 823-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga koʻra umumtaʼlim muassasalarida tashkil etiladigan tegishli ishchi guruh tomonidan direktorlar jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan pedagog, psixolog va kutubxona xodimlarining bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustama belgilash, umumtaʼlim muassasalari xodimlarini mukofotlash va ularga moddiy yordam berish belgilangan.
Umumtaʼlim muassasalari xodimlariga mukofot puli mazkur jamgʻarma hisobidan 1-oktyabr “Oʻqituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 50 foizigacha berilishi mumkin. Mazkur nizom talablarida sirtqi taʼlim asosida faoliyat olib borayotgan pedagoglarga mukofot puli belgilanmasligi qayd etilmagan.