Tavsiya etamiz
Bakalavriatning SIRTQI ta’lim shakli uchun ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha kvotalar e’lon qilindi.
Jami 37 ming 675 o‘rin (o‘tgan yilgidan 6325 taga ko‘p)
Sirtqi ta’lim qabul kvotalari — Yuklab olish.
My.dtm.uz sayti orqali ro’yhatdan o’tish va hujjatlarni onlayn topshirish uchun ushbu sahifada batafsil tushuncha berilgan: OTMlarga onlayn hujjat topshirish bo’yicha batafsil yo’riqnoma O’TISH.
Endilikda abituriyentlar my.dtm.uz saytining “Qabul-2021” bo‘limi orqali fanlar majmuasi bir xil bo‘lgan beshtagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tanlashlari mumkin.
Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish joriy yilning 22 iyuliga qadar (22 iyul kuni ham) davom etadi.
Mazkur muddat davomida abituriyentlar o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari hamda chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘ladigan bo‘lsa, sertifikat ma’lumotlarini tizimga kiritishlari mumkin.