Sport mashg‘ulotining nazariy asoslari

SPORTNING IJTIMOIY AHAMIYaTI

1.1. Sport nazariyasi predmetining xususiyatlari, maxsus atamalari Sport nazariyasi predmeti, jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati fanining bir qismi bo‘lib,
yangidan ajralib chiqqan fandir.Sport nazariyasi fani sport mashg‘ulotlari bilan
maxsus tashkil qilingan jarayonda sportchining tayyorgarlik mazmuni va uslubiyati hamda unga ta’sir qiladigan umumiy qonu-niyatlarni o‘rganadi.
Sport nazariyasining asosiy atamalariga quyidagilar kiradi: sport musobaqalari, sport
harakati, sport faoliyati, sport tayyorgarligi, sport tayyorgarligi tizimi, sport maktabi, sport
mashg‘ulotlari tizimi, sport ko‘rsatkichlari, sport nati-jalari. Shu atamalar mazmuni va xajmini aniqlab olmasdan turib, sport nazariyasi o‘rganadigan fanni muvaffaqiyatli ravishda egallab bo‘lmaydi.
Sport — qisqa ma’noda shaxsiy musobaqa faoliyati deyilsa, keng ma’noda shaxsiy musobaqa faoliyati shu faoliyat asosidan kelib chiqadigan maxsus tayyorgarlik hamda uning norma va yutuqlari tushuniladi. Sport musobaqalari — ko‘rsatish uslubi, sport yutuqla-rini baxolash va taqqoslash, sport soxasidagi konkurensiya-larni o‘ziga nisbatan boshqarishdir.

Sport musobaqalari

boshqalar bilan muloqotda bo‘lishni kerakli omili, shaxsni tashkil topishini vositasi, inson imkoniyatlarini anglab yetish, etalon ko‘rsatkichlarini tuzishga qaratilgan.
Sport musobaqalarini maqsadi — kuchli sportchilar va komandalarni aniqlash, sport
maxoratini takomillashtirish, jismoniy madaniyat va sportni targ‘ibot qilish, sport tashkilotlari, murabbiylar, sportchilar, hakamlar faoliyatiga ob’ektiv baxo berishdir.
Sport harakati — ijtimoiy harakatning maxsus shakli bo‘lib, tuzish, rivojlanish, saqlash, sport
boyliklarini qabul qilish va almashish, shaxsni tashkil topishi uslubi, jamiyatga ishchi kuchi xamda, Vatanni faol himoyachilarini tayyorlaydi. O‘zbekistonda sport harakati — g‘oyaviy kurashning kerakli sohasi bo‘lib, ommaga ta’sir ko‘rsatuvchi, insonda milliy ongni tarbiyalovchi tomonlaridan biridir. Sport harakati tarixan quyidagi shakllarni:
ommaviy, havaskorlik sportini yaratgan. Bundan tashqari biznes shaklidagi — professional sportni yuzaga chiqaradi.

Tavsiya etamiz  Saf mashqlari

Sport faoliyati

harakat faoliyati rivojlanishini oliy shakli bo‘lib, inson faoliyati jarayonining ko‘p qirraliligi insonni jismoniy va psixologik rivojlanishi hamda takomillashuvini
jamiyatning talabiga nisbatan tashkil qilishdir. Sport faoliyati: shaxsiy sport faoliyati va tashkiliypedagogik faoliyatlarga bo‘linadi.

[wpfa icon=»download» color=»#336699″ size=»14px»] Yuklab olish

Прокрутить вверх