Super-kontrakt bo‘yicha ayrim tartiblar tasdiqlandi.
Davlat qabul komissiyasi qarori bilan super-kontrakt bo‘yicha qo‘shimcha tartiblar belgilandi.
Eng katta yangilik, bu abiturient o‘zi tanlagan BIRINChI yo‘nalishga kira olmagan, lekin 2, 3, 4 yoki 5-yo‘nalishlardan biriga o‘qishga kirgan bo‘lsa, unda o‘z xohishi bilan BIRINChI tanlagan yo‘nalishida super-kontraktda o‘qishiga ruxsat beriladi.
Bu istisno 2, 3 yoki 4-yo‘nalishga taalluqli emas. Ya’ni beshinchi yo‘nalishga o‘qishga kirgan abiturient ikkinchi yoki to‘rtinchi yo‘nalishni tanlab super-kontrakt qila olmaydi, faqat BIRINChI yo‘nalishga qilishi mumkin.
Shuningdek, tanlagan beshala yo‘nalishiga ham o‘qishga kira olmagan abiturientlar istalgan beshta yo‘nalishdan birini tanlab, super-kontraktda o‘qishiga ruxsat beriladi.
Abituriyentlar kontrakt.edu.uz saytiga kirib, bemalol ariza qoldirishlari mumkin.
Abituriyentlarga tavsiya etamiz: Super kontrakt narxlari 2022-yil tartibi narxlari batafsil bilib oling, tavsiya etamiz super kontrakt kontrakt.edu.uz onlayn ariza 2022 berish tartibi qoʻllanma