Super-kontrakt 2023 uchun yangiliklar tartibi, kontrakt.edu.uz onlayn ariza berish

Tavsiya etamiz

Super-kontrakt 2023 yengilliklar

Super kontrakt va o’qishga kirganlarga toʻlov-shartnomalarni berish boshlandi.

Birinchi bosqichga tavsiya etilgan talabalar yangi o‘quv yilining bugundan boshlab to‘lov-shartnomalarni elektron shaklda onlayn olishlari mumkin.

Davlat qabul komissiyasi qarori bilan super-kontrakt bo‘yicha qo‘shimcha tartiblar belgilandi.

Eng katta yangilik, bu abituriyent o‘zi tanlagan BIRINCHI yo‘nalishga kira olmagan, lekin 2, 3, 4 yoki 5-yo‘nalishlardan biriga o‘qishga kirgan bo‘lsa (grant yoki kontraktga kirganining farqi yo’q), unda o‘z xohishi bilan BIRINCHI tanlagan yo‘nalishida super-kontraktda o‘qishiga ruxsat beriladi.

Bu istisno 2, 3 yoki 4-yo‘nalishga taalluqli emas. Yaʼni beshinchi yo‘nalishga o‘qishga kirgan abituriyent ikkinchi yoki to‘rtinchi yo‘nalishni tanlab super-kontrakt qila olmaydi, faqat BIRINCHI yo‘nalishga qilishi mumkin.

Shuningdek, tanlagan beshala yo‘nalishiga ham o‘qishga kira olmagan abituriyentlar istalgan beshta yo‘nalishdan birini tanlab, super-kontraktda o‘qishiga ruxsat beriladi.

Qo‘shimcha maʼlumotlar:

kontrakt.edu.uz 2023 onlayn ariza berish tartibi

Buning uchun kontrakt.edu.uz platformasi saytga kiramiz.

Ochilgan oynadan Kirish Ro’yxatdan o’tish tugmasini bosamiz. Ochilgan oynada birinchi bo’lib telefon raqami kiritamiz, keyingi bandga pasport raqami va seriyasi, keyingi bandga JSHSHIR 14 talik raqamni kiritamiz shaxsiy kabinet uchun parolni kiritib ikki marta SMS kod olib tugmasini kiritamiz. Telefon raqamga sms kod keladi kelgan kodni kiritamiz va ro’yxatdan o’tish tugmasini bosamiz.

Ochilgan oynadan Mening kabinetim tugmasini bosamiz.

Ochilgan oynadanYaratish tugmasi bosiladi. Keyingi qadamda qaysi yo’nalishda super kontraktga ariza bermoqchi bo’lsangiz o’sha tugmani bosib ariza yuborish tugmasini bosasiz.

Keyingi qadam

Ochilga oynadan kerakli bandlarni tanlab yuborish tugmasini bosamiz. Shundan so’ng arizangiz OTM ga yuboriladi. OTM dan kelgan shartnomaga to’lov qilasiz.

kontrakt.edu.uz video yo’riqnoma

Yo‘nalishlar kesimida super-kontrakt narxi qancha?

2023/2024-oʻquv yili uchun super-kontrakt miqdorlari narxlari

4 ballgacha yetmaganlarga ham 10% chegirma beriladimi?

JAVOB: Yo‘q, 4 ballgacha bo‘lganlarga chegirma berilmaydi.

Joriy yilda tabaqalashtirilgan (super) to‘lov-kontrakt qiymatini 2023-yil 15-oktabriga qadar to‘liq to‘lagan abituriyentlar uchun 10 foiz miqdorida chegirma berilmoqda (❗️bu chegirmani oddiy kontraktlarga aloqasi yo’q).

Ammo bu chegirma, 56,7 balldan ko‘p to‘plagan, lekin kirish baliga 4,05 ball yetmay qolib, o‘qishdan yiqilgan abituriyentlarga taalluqli. 4 ballgacha bo‘lgan shkaladagilar uchun esa chegirma qo‘llanmaydi.

Super-kontrakt uchun ta’lim krediti beriladimi?

Super-kontraktga kirganlar taʼlim krediti olishi mumkinmi?

JAVOB: Yo’q, super-kontrakt uchun ta’lim krediti berilmaydi. Ammo ayrim banklar tijoriy shartlarda oddiy kredit taklif qilishi mumkin.

Ammo super-kontraktga kirgan talaba 2-kursdan boshlab oddiy kontrakt to’lashga o’tadi, shu sababli bemalol 2-kursdan taʼlim krediti olishi mumkin.

56,7 balldan kam to’plaganlar ham super-kontraktda o’qisa bo’ladimi?

Javob bilib oling.

Super-kontraktni bo’lib to’lasa bo’ladimi?

JAVOB: Ha, 4 ga bo‘lib to‘lash mumkin.

Prezidentning 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son Farmoniga hamda Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 18-avgustdagi 527-son qaroriga binoan respublika OTM talabalariga o‘qish uchun yillik to‘lovning to‘liq miqdorini teng ulushlarda to‘rt qismga bo‘lish yo‘li bilan o‘tkazishga ruxsat berilgan.

Bunda muddatlar quyidagicha:

25% qismini — 1-kursga tavsiya etilganlar 15-sentyabrgacha, ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalari uchun 1-oktyabrgacha;

50% qismini — 1-yanvargacha;

75% qismini — 1-aprelgacha;

100% qismini — 1-iyulgacha.

Manbalar: @xushnudbek, @eduuz