Super kontrakt narxlari 2022-yil tartibi narxlari batafsil bilib oling

Super kontrakt 2022

Barcha davlat oliy ta’lim muassasalarida tabaqalashtirilgan (super) to‘lov-kontrakt miqdorlari 10 foizga kamaytirildi.

Davlatimiz rahbari tomonidan talaba-yoshlarning oliy ta’lim olishi uchun yaratib berilayotgan qulay imkoniyat sabab yangi o‘quv yilida barcha oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt miqdorlari oshirilmadi.

Davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha davlat komissiyasi qaroriga muvofiq 2022/2023 o‘quv yili uchun barcha davlat oliy ta’lim muassasalari bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bazaviy to‘lov-kontrakt qiymatidan kelib chiqib, faqat tabaqalashtirilgan (super) to‘lov-kontrakt miqdorlari 10 foizga kamaytirib belgilandi.

Super kontrakt tartibi

Super-kontraktning shkalasi quyidagicha bo‘ladi:

➖ o‘tish baliga 1 ballgacha yetmagan abiturientlar uchun – bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 1,5 barobari;

➖ 1,1 balldan 2 ballgacha — 2,0 barobari;

➖ 2,1 balldan 3 ballgacha — 2,5 barobari;

➖ 3,1 balldan 4 ballgacha — 3,0 barobari;

➖ 4,1 ball va undan ko‘proq yetmaganlarning barchasiga (56,7 balldan baland bo‘lsa) 8, 10, 12, 15, 17 va 25 baravar qo‘llanadi.

Tavsiya etamiz  CEFR Chet tili imtihoni uchun fevral oyi talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi

56,7 balldan kam to‘plaganlar super-kontrakt narxining baravarini to‘laydi. Masalan, matematika yo‘nalishida 46 mln so‘m bo‘lsa, 56,7 balldan kam to‘plaganlar 92 mln so‘m to‘lashi kerak.

10%lik chegirma sirtqi, kechki va masofaviy ta’lim shakli uchun ham amal qiladi;

Super kontrakt narxlari

Super kontrakt narxlari 2022-yil barcha yo’nalishlar yuklab olish

Siz quyidagi jadval orqali Super kontrakt narxlari bilan tanishingiz mumkin.

 

Прокрутить вверх