2021/2022-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish bo‘yicha arizalar topshirishning so‘nggi muddati 2021-yil 1-oktabr kuni etib belgilandi.
Bu haqda Oliy ta’lim vazirligi ma’lum qildi.
Kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish istagida bo‘lgan abituriyentlardan joriy yilning 1-oktabriga qadar tegishli oliy ta’lim muassasalari qabul komissiyalariga ariza topshirishlari so‘raladi.
Bu yilgi 2021/2022-oʻquv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalarida bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari (magistratura mutaxassisliklari) boʻyicha bitta talabani toʻlov-kontrakt shaklida bir yillik oʻqitish qiymati miqdorlari bilan tanishing yillik-to-lov-kontrakt yuklab olish