Super kontraktda o‘qimoqchiman vaksina olganim uchun chegirma beriladimi?

Abituriyent ruxsatnomasi 2022 yuklab olish:

Super kontraktda o‘qimoqchiman vaksina olganim uchun chegirma beriladimi?

Bu savolga Oliy ta’lim vazirligi javob berdi.

Men pedagogika yo‘nalishida super kontraktda o‘qimoqchiman. Tez orada koronavirusga qarshi vaksinaning oxirgi bosqichini olaman. Menga ham koronavirusga qarshi vaksina olganim uchun chegirma bonusi beriladimi? Imkoni bo‘lsa, summasi haqida ham batafsil ma’lumot berildi.

✅ JAVOB:

2021/2022-oʻquv yili uchun tasdiqlangan tabaqalashtirilgan toʻlov-kontraktning minimal miqdorlari asosida 1-noyabrga qadar koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan (vaksina olgan) abituriyentlar va talabalarga belgilangan tabaqalashtirilgan toʻlov-kontraktning minimal miqdoriga bir martalik 10 foiz chegirma (bonus) beriladi.

Misol uchun, o‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi bo‘yicha tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt miqdori 8 baravar etib belgilangan. Bitta talabani to‘lov-kontrakt asosida bir yillik o‘qitish miqdori esa 6 412 610 so‘mni tashkil etadi. Bunda abituriyent mazkur yo‘nalishda bakalavriat kunduzgi shakli uchun 51 300 880 so‘m tabaqalashtirilgan toʻlov-kontraktini amalga oshirgan taqdirda talabalikka tavsiya etiladi.

Agar talaba 1-noyabrga qadar vaksina olgan bo‘lsa, unga shu summadan bir martalik 10 foizli chegirma (5 130 088 so’m) bonusi beriladi. Shunda talaba umumiy 46 170 792 so‘m to‘lov-kontraktini amalga oshirishi lozim bo‘ladi.

Tabaqalashtirilgan toʻlov-kontraktda o‘qimoqchi bo‘lganlar 1-oktabrga qadar t-kontrakt.edu.uz sayti orqali onlayn ariza bergan bo‘lishi kerak.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting