Super kontraktga onlayn ariza berish imkoniyati yaratildi

Abituriyentlarga tabaqalashtirilgan to‘lov-shartnomalarini onlayn rasmiylashtirish imkoniyati yaratildi

Super kontraktga onlayn ariza tartibi

Joriy oʻquv yilida talabalikka tavsiya etilmagan, biroq tabaqalashtirilgan (super) toʻlov-shartnoma asosida oʻqish istagini bildirgan abituriyentlar uchun yanada qulaylik yaratish maqsadida onlayn shaklda ariza qoldirish hamda tabaqalashtirilgan toʻlov-shartnomalarni onlayn olish imkonini beruvchi kontrakt.edu.uz axborot tizimi ishga tushirildi.

Ushbu tizim:

➖ ortiqcha ovoragarchilik va suiiste’molchiliklarning oldini olish;

➖ jarayonlarning ochiqligi va shaffofligini ta’minlash;

➖ elektron arizalarni avtomatik shakllantirish;

➖ toʻlov-shartnomalarni avtomatik rasmiylashtirish imkonini beradi.

Tavsiya etamiz