Super kontraktning minimal miqdorlari 2021 yil uchun

Abituriyent ruxsatnomasi 2022 yuklab olish:

2021/2022 o’quv yili uchun super kontraktning minimal miqdorlari belgilandi.

2021/2022-oʻquv yili qabulida bakalavriat ta’lim yoʻnalishlariga kirish imtihonlari natijalariga koʻra toʻplagan ballari tasdiqlangan toʻlov-kontrakt doirasidagi qabul parametrlari chegarasiga 4,05 balldan ortiq yetmagan, 56,7 balldan kam boʻlmagan holda, qoʻshimcha ravishda oʻqish istagini bildirgan abituriyentlarning birinchi oʻquv yili uchun amalda belgilangan bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorlariga nisbatan tabaqalashtirilgan toʻlov-kontraktning minimal miqdorlari tasdiqlandi.

2021/2022-oʻquv yili qabul uchun tasdiqlangan “Respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yoʻnalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi” baholash mezonlari oʻzgarganligi sababli, abituriyentlarga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida istisno tariqasida toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etish chizigʻi chegarasigacha yetarli ball toʻplay olmagan abituriyentlarga tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt miqdorini amalda belgilangan bazaviy toʻlov-kontrakt miqdoriga nisbatan quyidagi tartibda amalga oshirilishi belgilandi:

Toʻplagan ballari tasdiqlangan toʻlov-kontrakt boʻyicha qabul parametrlari chegarasiga:

➖ 1,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun – bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorining 1,5 barobari;

➖ 1,06 balldan 2,05 ballgacha yetmaganlar uchun – bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorining 2,0 barobari;

➖ 2,06 balldan 3,05 ballgacha yetmaganlar uchun – bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorining 2,5 barobari;

➖ 3,06 balldan 4,05 ballgacha yetmaganlar uchun – bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorining 3,0 barobari.

Super kontrakt miqdori tartibi 2021 yuklab olish

Shuningdek, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontraktning minimal miqdorlarini hisoblashda 2021/2022 oʻquv yili uchun amalda belgilangan bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha bitta talabani toʻlov-kontrakt shaklida stipendiyasiz bazaviy toʻlov-kontrakt boʻyicha oʻqitish qiymati qoʻllanilishi va koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan (vaksina olgan) abituriyentlarga belgilangan tabaqalashtirilgan toʻlov-kontraktning minimal miqdoriga 10 foizli chegirma berilishi belgilandi.

Super kontrakt miqdori tartibi 2021 yuklab olish

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting